129
•
dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi.
Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi.
Asosiy qism — boblar va paragraflardan tashkil topadi.
Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti bo`yicha umumlashtirilgan
xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa tahririy jihatdan
puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib, bandlangan (raqamlangan) holda
rasmiylashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati dissertatsiya matnida havola qilingan
barcha ilmiy va boshqa nashrlar ro`yxatidan iborat bo`lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola
qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni
ro`yxatga kiritishga yo`l qo`yilmaydi.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya
bo’yicha e`lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo’lmasligi
kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda
1 ta maqola) OAKning dissertatsiyalarni asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya
etilgan ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan nashrlarda chop etilishi lozim.
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy
konferentsiyalarida keng muhokamasi asosida, jumladan kamida 2 tadan material
(maqola, ma`ruza yoki ma`ruza tezisi) xalkaro konferentsiya materiallari to’plamida
e`lon qilingan bo’lishi shart.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya
bo’yicha e`lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo’lmasligi
hamda ulardan Ro’yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan
1 tasi tegishli fan tarmog’i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli
ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e`lon qilingan bo’lishi kerak.
Dissertatsiya natijalarining xalkaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy
konferentsiyalarida keng muhokamasi asosida, jumladan kamida 2 tadan material
(maaola, ma`ruza yoki ma`ruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari to’plamida
e`lon qilingan bo’lishi shart
Dostları ilə paylaş: