fuqarolarining manfaatlari va o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqiladi.
Metodologik individualizm tamoyilining davomi ichki
sabab natijasida vujudga
kelgan evolyutsiya kontseptsiyasidir. Ushbu kontseptsiyaga ko’ra, institutlar
insonlarning harakatlari natijasida paydo bo’ladi degan taxmin ilgari suriladi.
Ya’ni,
individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi o’rin tutishi to’g’risidagi
taxmin neoklassiklar qarashlarida o’z aksini topgan.
Aksincha, tahlil uchun boshlang’ich nuqta sifatida individlar emas,
balki
institutlar belgilanishi ikkinchi tamoyilga asos bo’ladi. SHu tariqa ikkinchi
tamoyilda xolizm metodologiyasidan foydalaniladi.
Boshqacha aytganda,
individlar institutlarning ta’rifidan kelib chiqib tavsiflanadi. Institutlar esa, o’zlari
makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab
chiqarishda bajaradigan
funktsiyalar orqali izohlanadi. Endi fuqarolar o’z hukumatini emas, balki hukumat
ma’lum xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko’maklashadi. So’ngra, ichki sabab
natijasida vujudga kelgan evolyutsiya kontseptsiyasiga institutsional determinizm
g’oyasi qarshi turadi va u muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar
– o’tmishda sodir bo’lgan «jarayonlar natijasi» bo’lib, ular o’tmish
holatlariga
moslashgan va shuning uchun ijtimoiy mo’rtlik, ruhiy omili hisoblanadi va barcha
keyingi rivojlanish «doiralarini» belgilab beradi. SHunday qilib, xolizmda
individlarning manfaatlari va xatti-harakatlari ularning o’zaro hamkorigini
oldindan belgilab beruvchi institutlarning tavsifi orqali izohlanadi. Ya’ni,
bunda
institutlar birlamchi, individlar esa, ikkilamchi o’rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: