2-AMALIY. ADOBE PHOTOSHOP DASTURIDA
INSTRUMENTLAR YORDAMIDA MAXSUS EFFEKTLAR
YARATISHISH.
Kompyuter grafikasida har bir dyumdagi pikselllar soni (ppi) asosiy shart b
o`ladi. Pikselllar soni qancha ko`p b
o`lsa,
shuncha tasvir sifatliroq b
o`ladi. Masalan, agar ppi=72 bo`lsa, u holda 1 kvadrat dyumga 5184 piksell joylashadi va uning
hajmi 6 Kb ga teng b
o`ladi. Agar ppi=144 bo`lsa u holda 1 kvadrat dyuymga 20736 piksell joylashadi va uning hajmi 21 Kb ga
teng bo`ladi. Shu bilan birga monitorning ko`rsatish va printerning chiqarish sifati har bir dyumga t
o`gri keladigan (dpi, 72
yoki 96 dpi) bilan va chiziqlar soni esa lazer printerlari uchun (Lpi) 300-2400 gacha to`ђri keladi.
Adobe Photoshop redaktori professional grafik redaktorlarga kiradi. Dastlab bu redaktor rastrli
grafika bilan ishlashga
mo`ljallangan edi, ammo oxirgi versiyalarida rastrli va vektorli grafika bilan ishlash integratsiyasi ishlatila boshlandi. Ad obe
Photoshop ning instrumentlari CorelDraw yoki Adobe Illustrator larning yordamisiz juda keng miqyosdagi grafik ishlarni
bajarishni ta’minlaydi.
2. Vektorli formatlarda ishlashi
Adobe Photoshop vektorli forma va matnlarni yaratish va chop qilishning vositalariga ega. Bu vositalardan foydalanib vektorli
rasmlarni va shriftlarni rastrli rasmlar bilan birlashtirish, ularga ulash va juda chiroyli dizayn tasvirlar hosil qilish imk oniyati
yaratiladi. Uning
yangi instrumentlari masalan, «to`g`ri to`rtburchak», «burchaklari yoy bilan almashtirilgan to`g`ri
to`rtburchak», «ellips», «ko`pburchak» va «chiziq») juda ko`p vektorli formalarni yaratish imkoniyatini beradi.
Bu instrumentlar nafaqat maxsus ob’ektlar, balki butun qatlamlarni yaratish uchun ham ishlatiladi. Shuningdek,
Adobe Illustrator kabi, Photoshop (7.0 va 8.0 versiyalari) vektorli ob’ektlar bilan manipulyatsiya qilishni ta’minlaydi: qo`shish
(Add), ayirish (Subtract), cheklash (Restrict) va invertirlash (Invert). Bu amallar tezlikda vektorli ob’ektlarni murakkab
ob’ektlarga birlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Matnlar bilan ishlash
Photoshop 7.0 va 8.0 versiyalari sifatli matnli elementlar yaratish va ularni sifatli formatlash ishlarini amalga oshirish uchun
yangi juda k
o`p instrumentlar terilmasiga egadirlar. Masalan, deformatsiya qilishning yangi
opsiyalaridan foydalanib
shriftlarni burash va cho`zish mumkin. Shu holda ham shriftlar tahrirlanuvchi holatlarda qolaverishadi. Vektorli matnlarni
bevosita chop qilish yoki ulardan PDF-fayllar yaratish mumkin.
PDF formatiga chiqarish opsiyalari
Kompaniya Adobe kompaniyasi o`z mahsulotlari
integratsiyasini davom ettirib, Photoshop da yanada Adobe Portable
Document Format (PDF) formati ishlatilishi yaxshilandi.
Qatlamlar stili
Photoshop 8.0 da qatlamlarda maxsus effektlar yaratish uchun intiutiv interfeys yaratilgan.
Maxsus qatlamlar uchun
effektlar tanlash bo`limii kiritilgan.
Tasvirlarni deformatsiya qilish
Photoshop dagi Liquify buyrug`i bilan tasvirni deformatsiya qilish mumkin. Masalan, interaktiv cho`zish, burash, qisish,
sohaning ba’zi qismlarini kichraytirish va kengaytirish hisobiga tasvirlarni deformatsiyalash mumkin.
Photoshop8.0 ning Adobe Image Ready dasturi bilan integrallashuvi
Adobe Photoshop 8.0 da Adobe Image Ready dasturi bilan integrallashuvi natijasida Web uchun o`z instumentlari
kengaytirilgan. Grafika yaratish uchun vektorli vositalar bilan integrallashuv va yangi «Qatlam uchun stil»
tushunchasi
kiritilishi bilan Web uchun juda real tasvirlar yaratish imkoniyati yaratilgan. ImageReady dasturi Web uchun animatsiyalar
yaratish va har xil grafik effektlar yaratish uchun xizmat qiladi.