Mavzu:Iqtisodiyotda axborot tizimlarining o'zaro integratsiyasi
Ma’ruzachi: katta o’qituvchi Asrayev U.M.
REJA:
Integratsiya haqida umumiy tushunchalar.
Integratsiyalashgan axborot tizimlari.
SAP va"BILLING“ Integratsiya tizimining ishlash texnologiyasi
Integratsiya-(lat.integratsiya-tiklanish, to'ldirish, butun son - butun) mustaqil xo’jalik faoliyatining milliy, mintaqa va xalqoro miqiyosida o’zaro qo’shilib yaxlit xo’jalik tizimini tashkil etishi tusuniladi. Y’ni integtatsiya bir biri bilan birlashib, uygunlashib ketish tushuniladi.
Integratsiya-ilgari mavjud tizimlarni bir butunga birlashtirish bilan bog'liq rivojlanish jarayonining tomoni.
Korxona faoliyatiga avtomatlashtirish tizimlarining joriy etilish AT integratsiyasini rivojlantirish imkonini beradi.
Integratsiya haqida umumiy tushunchalar
Integratsiya - bu axborot tizimlari va dasturiy ilovalarni birlashtirish va birgalikda ishlash jarayoni.
Korxonaning zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi zamonaviy axborot texnologiyalarining ishlashi, biznes maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun integratsiya muhiti hisoblanadi.
Bitta axborot tizimi doirasida turli boshqaruv funksiyalarini avtomatlashtiruvchi va boshqaruvning turli bosqichlaridagi qaror qabul qilish jarayonida tayyorgarlik bosqichida faol qo‘llanuvchi o‘nlab axborot tizimlar ishlatilishi mumkin. Shu munosabat bilan bugungi kunda ichki bozorni rivojlantirishda ikkita asosiy yo’nalish mavjud.
Birinchi yo’nalish masalan, korxona avtomatlashtirish tizimini faqat o‘z faoliyatining ayrim sohalarida tanlangan (“lokustli”) avtomatlashtirish bilan ta’minlab va keyinchalik ularni umumiy tizimga birlashtirishni taklif etib joriy etishga harakat qiladi. Garchi, bu yo‘l, bir qarashda, kam xarajatdek ko‘rinsada, ammo kam daromad keltiradi yoki umuman kutilgan natijani olib kelmaydi.
Ikkinchi yo‘nalish — avtomatlashtirish tizimini kompleks amalga oshirish va jarayonlarni axborotlashtirib kuzatish, bu menejment tizimining barcha bo‘g‘imlarini: ishlab chiqarishni qismlarga ajratishning eng past bosqichidan yuqori boshqaruv darajasigacha egallashga imkon beradi.