Kondensatorlar o‘zida zaryad to‘plovchi qurilmalar bo‘lib, zanjirlarda ketma ket, parallel, aralash kelishi mumkin. Ularning elektr zanjirlarda kelishiga qarab vazifalari belgilanadi. Kondensatorlar o‘zidan o‘zgaruvchan tokni yaxshi o‘tkazib, o‘zgarmas tokka to‘sqinlik qiladi. Ularelektr zanjirda ta’minot filtri, ajratuvchi filtr, yechuvchi filtr vazifalarini bajaradi. Masalan: ta’minot manbayidagi ikkiyarimdavrli to‘g‘irlagichdan keying kondensator ta’minot filtri vazifasini bajaradi. Filtr tozalash degan ma’noni bildiradi. Ikkiyarimdavrli to‘g‘irlagich chiqishidagi tokni to‘g‘irlash, ya’ni o‘zgaruvchan tashkil qiluvchini manbaning manfiy qismiga o‘tkazib o‘zgarmas tokka to‘sqinlik qilishi bilan filtrlaydi. Birkaskad bilan ikkinchi kaskad oralig‘iga qo‘yilgan kondensatorlar ajratuvchi kondensator deyiladi. O‘zidan o‘zgaruvchan tok (signal)ni yaxshi o‘tkazib o‘zgarmas tokka to‘sqinlik qiladi. Natijada foydali tok (signal)ni ajratib oladi. Yechuvchi filtr kaskad kirishidagi oziqlanish zanjiriga qo‘yiladi va shu kaskadga kelayotgan oziqlanish kuchlanishidagi xalaqitlarni filtrlaydi.
Kondensatorlar elektr zanjirlarda quyidagi buzuqlik nuqsonlari uchraydi, sig‘im yo‘qotadi, qisqa tutashib qoladi, uzilib qoladi va bu buzuqlik nuqsonlari buyumni turli buzilishlarga olib keladi.
Kondensatorlarni LCR o‘lchov asbobi yoki multi-tester asbobi bilan sig‘imlari tekshiriladi. Multi-tester asbobining ko‘rsatkich shkala bo‘yicha borib nolga qaytib kelsa, bu kondensator butun ko‘rsatkich borib, nolgacha qaytmasa chala kuygan (sig‘imyo‘qotgan), noldan qo‘zg‘almasa uzilgan, shkala bo‘yicha borib ortga qo‘zg‘almasa qisqa tutashgan hisoblanadi. LCR asbobi raqamli o‘lchov asbobi bo‘lib, ekranda kondensatorning sig‘imi, RX reaktiv qarshiligi va kondensator ishchi holatda yoki ishchi holatda emasligini bildiradi. Prinsipial elektr sxemalarda kondensatorlarning tartib raqamlari kondensatorning o‘ng tomon tepa qismiga qo‘yiladi.
Prinsipial elektr sxemalarda kondensatorning chizilish tartibi quyidagicha:
1,5 mm
45C
1,5 mm
Dostları ilə paylaş: |