Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON



Yüklə 393,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix12.06.2023
ölçüsü393,9 Kb.
#129196
1   2   3   4   5
Musoyeva Fazila Oydinovna

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023 
381 
yoshdagi bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda integratsiyaning quyidagi turlaridan 
foydalanish ko„zda tutiladi. Mavzulararo integratsiya – (“Ilk qadam” davlat o„quv 
dasturidagi oylik va haftalik mavzular integratsiyasi). Masalan, dasturda tayyorlov 
guruhida sentabr oyi uchun “O„zbekiston mening-Vatanim” mavzusi berilgan. Demak, 
shunga ko„ra, birinchi “Mening qadrdon O„zbekistonim”, ikkinchi hafta “Mening 
shahrim – mening mahallam”, uchinchi hafta “Men va mening oilam” va to„rtinchi 
hafta “Men va mening do„stlarim” nomli mavzularga bag„ishlanadi, ya‟ni mazmunan 
bir-biriga bog„lanadi. “Oltin kuz” mavzusida tabiat bilan tanishtirish mashg„uloti 
tashkil etilib, tabiat hodisalari haqida ma‟lumot beriladigan bo„lsa, bolalarni 
o„zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash uchun rasm mashg„ulotida daraxt yaproqlarini 
yoki ixtiyoriy mavzuda rasm chizishlari maqsad qilib olinadi. Badiiy adabiyot 
mashg„ulotlarida kuz fasliga oid she‟rni yod oldirish orqali bolalar olgan bilimlari 
mustahkamlanadi. Mashg„ulotlararo integratsiya – (katta va tayyorlov guruhlarida 
o„tkaziladigan mashg„ulotlar integratsiyasi) asosida, masalan, nutqni rivojlantirish 
mashg„ulotida ularning yoshi, tushunchasi va ruhiyatiga mos keladigan ertak, 
hikoyalarni so„zlab berish orqali badiiy didlarini o„stirish va asarlarda aks ettirilgan 
voqealar mazmunini tushunish malakasini shakllantirish, bolalarda kitobga nisbatan 
qiziqish, mehr hislarini uyg„otish. Bolalarda xushmuomalalilik va orastalikni 
shakllantirish. “Yaxshi”, “yomon” kabi so„zlarning o„zaro farqini anglashga, qilish 
mumkin bo„lgan va bo„lmagan xatti-harakatlarni farqlashga, o„zidan kattalarga 
hurmatda bo„lishga, qo„lini ko„ksiga qo„yib “Assalomu alaykum” deb salomlashishga 
o„rgatish; tasviriy faoliyat mashg„uloti va nutqni rivojlantirish mashg„ulotini 
integratsiyalash orqali bolalar diqqatini badiiy asar mazmuni asosida ishlangan 
rasmlarga qaratish, ularni sinchiklab tomosha qilishga o„rgatish, rasmlardagi go„zallikni 
his etish, undan zavqlanish hissini shakllantirishga erishiladi. 
Faoliyatlararo integratsiya – (o„yin, o„quv va mehnat faoliyati inegrallashuvi) 
turini gorizontal va vertikal integratsiya tamoyili asosida tashkil etish natijasida bolalar 
rivojlanish sohalari kompetensiyalarini, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni uyg„un 
rivojlantirishga erishiladi. Rivojlanish markazlariaro integratsiya – (til va nutq; qurilish 
va konstruksiyalash markazi; san‟at, syujet-rolli o„yinlar va drammalashtirish markazi; 
ilm-fan va tabiat markazidagi bolalarning mustaqil faoliyatini integratsiyalash) faollik 
markazlaridagi erkin mustaqil faoliyat orqali bolalarning ma‟naviy-axloqiy sifatlari 
mustahkamlanadi, xulq-atvorda namoyon bo„ladigan salbiy xususiyatlar bartaraf 
etiladi. 
XULOSA 
Myxtasar aytganda, maktabgacha ta‟lim uzluksiz ta‟limning boshlang„ich bo„g„ini 
sifatida bolaning har tomonlama rivojlanishi, ma‟naviy yetuk shaxs sifatida 
shakllanishida muhim o„rin tutadi. Bundan ko„rinadiki, barcha rivojlanish markazlarini 
talab darajasida to„g„ri tashkil etish boshlang„ich kompetensiyalarni, ya‟ni bola shaxsini 



Yüklə 393,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin