Umumiy kod tushunchalar strukturasidan nimasi bilan farqlanadi
Umumiy kod muammosi. Bizni asosan ikkita til – muhandis tili va ekspert tili qiziqtiradi. Muhandis tili quyiidagi 3 ta tashkil etuvchidan iborat:
Tayyorgarlik davrida maxsus adabiyotlardan olgan predmet sohasidagi atamalar;
Uning nazariy bilimlaridagi umum -ilmiy atamalar
Maishiy suhbat tili
Ekspert tili :
O‘z sohasidagi terminalogiya
Umum ilmiy atamalar va maishiy til;
Ekspert jarayondagi neologism - yangi terminlar (kasbiy jargon)
Agar ikki ishtirokchining maishiy va ilmiy tili bir-biri bilan deyarli mos tushsa, u holda umumiy kod – umumiy til o‘zaro munosabatning muvaffaqqiyatli bo‘lishiga xizmat qiladi. Keyinchalik bu umumiy kod predmet sohasidagi bilimlar bazasini tashkil qiluvchi semantik tarmoq sifatida shakillantiriladi:
Umumiy kodni ishlab chiqish ekspert tomonidan ishlatiladiga atamalarni tuzib chiqish va ularning ma’nosini aniqlashdan boshlanadi. Odatda bu predmet sohasi lug‘atini tashkil etadi. Keyin ularni guruhlash va sinonimlarini aniqlanadi. Umumiy kodni shakillantirish predmet sohasidagi atamalarni ma’nosi bo‘yicha guruhlash bilan yakunlanadi:
ET yaratishda qanday talablar qo’yiladi?
Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga
muvofiqdir:
• tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
• ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin
bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;
• ko‘pchilik
ekspertlarning
mazkur
muammoli
sohada
yechimlar
o‘xshashligining bo‘lishi;
• muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab
bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal
etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
• masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;
• predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi
tufayli evristik uslublarni qo‘llash.
Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan
talablarni bajarish ekspert tizimini qo‘llashning zarur hamda yetarli sharti
sanaladi.