Neyron bosh miyaning tarkibiy birligi bo‘lib, ularni o‘zaro xarakati axborotni qayta ishlash jarayonda elektr signallarni o‘zatish va ketma-ket-parallel:
kuchaytirish-kamaytirish, nochiziqli qayta o‘zgartirish, jamlash kabi qayta
o‘zgartirishlar yo‘li bilan bajariladi. Sun’iy neyron modeli tabiiy neyronni
funktsional xususiyat va xarakteristikalarini aks etadi. Neyron -elektr faolliklikka
ega bo‘lgan va organizmni operativ boshqaradigan tirik organizmlarni nerv (asab)
xujayralini alohida turi bo‘ladi. Neyron tarkibi: soma (tan), dendritlar - kirish
axborotlarni o‘zatadigan o‘sitmalar va akson - chiqish axborotlarni o‘zatadigan
o‘sitmalar. Xar bir neyron faqat bir akson va bir necha dendritlardan iborat.
Neyronni chiqish signali (qo‘zg‘alishi, impulsi) boshqa neyronga nerv birikkish
(sinaps)lar orqali keladi. Bu holatda qo‘zg‘alish signallar kuchaytirilishi yoki
kamaytirilishi mumkin. Shuning uchun neyron tanasi krishiga ikki turdagi -
qo‘zg‘alishli va tormozlanishli signallar keladi. Neyron tanasi bu signallarni algebraik jamlab shu jamlangan signal o‘stida nochiziqli qayta o‘zgartirish amalni
bajaradi. Jamlangan signal qiymati qandaydir chegarali qiymtidan oshgan holatda
neyron qo‘zg‘alanadi va chiqish signalni boshqa neyronlarga yuboradi.
Neyrotarmoqli hisoblashlar matematik asosi - har qanday ko‘p
o‘zgaruvchanlardan bog‘lik bo‘lgan nochiziqli funktsiyani oldindan belgilangan
aniqligi bilan chiziqli amal va ketma-ket ulangan bir o‘zgaruvchandan bog‘lik
bo‘lgan nochiziqli funktsiyalar yordamida approksimatsiyalash (ifodalash) mumkin
- qoidasi bo‘ladi.
Neyrotarmoqli hisoblashlarni asosiy xususiyatlari: a) konnektsiyanistlik -
axborotni va qayta ishlash algoritmlarni eslash sifatida neyronlar orasidagi
vaznlangan (o‘lchangan) bog‘lanish (aloqa)lardan foydalanish; b) o‘rgatish - masalalarni berilgan sinfiga neyrotarmoqlarni sozlash jarayonda “dasturlash”
funktsiyani bajarish.
Mazkur xususiyatlar neyrotarmoqlarni - universallik, ommaviy parallellik va
golografiklik (tuzilmani qisman buzilishida ishlash ostoishligini saqlash)
xarakteristikalar bilan ta’minlaydi.
Neyrotarmoqli hisoblashlar quydagi holatlarda afzallikni ko‘rsatadi:
Masalalarni matematik usullar yoradamida formallashtirish mumkin bo‘lmaganda; • Mavjud formallashtiriladigan masalani yechish uchun matematik apparati mavjud bo‘lmaganda; Formallashtiriladigan masalani yechish matematik apparati juda katta resurs (vaqt, texnika, energiya va b.)larni talab qiladiganda. Sun’iy neyron modeli ilk bor 1943y. Mak-Klokk va Pitts tomonidan tavsiflangan. U ko‘paytma-sinaps ( ), jamlagich (∑) va nochiziqli o‘zgartirish (F) operatorlardan iborat bo‘lgan sun’iy
neyron modelini tasvirlaydi. Neyronni kirish (xi) signallar boshqa neyronlarning
chiqish signallari bo‘ladi. Har bir kirish signalga bog‘lanish (aloqa) vazni (wi)
biriktiriladi. Uning qiymati musbat yoki manfiy bo‘lishi mumkin. Kirish signal va
bog‘lanish vaznlar ko‘paytmalari sinaps orqali jamlagich elementga keladi. Uning
chiqishida mazkur ko‘paytmalar algebraik yig‘indisi shakllanadi