43
( 1-chi slot nomi: 1-chi slot mazmuni),
(2-chi slot nomi: 2-chi slot mazmuni),
…………………………………………
(N-chi slot nomi: N-chi slot mazmuni),
Odatda freym tizimlari kiritilgan freymni ma’lum bir holatga mos keltirib
bo‘lmaydigan xollar foydalaniladigan axborot qidiruv tarmog‘i ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi, ya’ni slotlarga ushbu slot bilan bog‘liq bo‘lgan shartlarni qoniqtira
oladigan lar biriktirilmasa.
Bunday xollarda tarmoq boshqa freymni qidirish va taklif etish uchun xizmat
qiladi.
Fremlar ma’lumotlar omborida saqlanadigan freym-namunalar yoki
prototiplar va kelib tushayotgan ma’lumotlar asosida haqiqiy holatlarni ko‘rsatish
uchun yaratiladigan freym-ko‘chirmalarga bo‘linadi.
Freym modeli yetarlicha universal hisoblanadi, chunki u dunyo haqidagi turli
xildagi bilimlarning hammasini quyidagilar orqali ko‘rsatib berish imkonini beradi:
1.
Ob'yektlar va tushunchalarni anglatib beruvchi freym-strukturalar (kiritma,
garov, veksel);
2.
freym-rollar (menedjer, kassir, mijoz);
3.
freym-stsenariylar (inqiroz, yig‘ilish, aktsionerlar)
4.
freym-holatlar (avariya, qurilmaning ish rejimi) va boshqalar.
Freymlar nazariyasining muhim xossa semantik tarmoqlar nazariyasidan
o‘zlashtirishi hisoblanadi. Va freymlarda hamda semantik tarmoqlarda ketma-ketlik
AKO-aloqalarga (A-Kind-of=bu) bog‘liq amalga oshadi. AKO sloti freymga aniq
tartiblashmagan iyerarxiyaning yuqori bosqichini ko‘rsatadi, ya’ni analogli
slotlarning mazmunlari o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: