2.Vizual-fazoviy intellekt olamni vizual idrok etuvchi va bu axborotlarni tahlil qiluvchi, rangga, shaklga, chiziqlarga , fazodagi ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sirchan bo‘ladi. Bu qobiliyatli bolalar geometriya va chizmachilikni yaxshi o‘zlashtiradilar. Ushbu intellekt tipi arxitektorlar, rassomlar, dizaynerlar uchun xosdir. Bunday insonlar joyni yaxshi mo‘ljallay oladilar, ular yaxshi ekskursovod yoki yo‘lboshlovchi bo‘ladilar. Agar mantiqiy intellekt bilan vizual fazoviy intellekt egalari uyg‘unlashtirsalar ular yaxshi vrach, ximik yoki biolog yetishib chiqishi mumkin. Tabiiy fanlarda mantiqiy fikrlash bilan bir qatorda molekulalar, organlar va ularning to‘qimalar tuzilishi, tizimini murakkab strukturasini o‘zida tasavvur qilishni talab etadi.
3.Verbal yoki lingvistik intellekt yozuvchilar, jurnalistlar, notiqlarda rivojlangan. Uni bo‘lishi siyosatchilar va umuman boshqalar bilan muloqot qiluvchi, ko‘pchilik oldida chiqishlar qiluvchilar uchun ham xalaqit bermaydi. Bu og‘zaki va yozma nutqli, til tuyg‘ularidan xabardor, yaxshi jumlalar tuza oladigan va o‘z fikrlarini mohirona ifodalay oladi. Bugungi ta’lim tizimi ushbu intellekt tipini rivojlanishiga e’tibor qaratadi: maktabda o‘qishni, yozishni, o‘qiganlarni so‘zlab berish o‘rganiladi.
4.Tana-kinestetik intellekt zamonaviy maktabda kam mashqlantiriladi. Aynan, kinestetik qobiliyatli bolalar sportchilar, balerinalar, aktyorlar va aktrisalar bo‘lib yetishadilar. O‘z tanasini ko‘rkamlashtirish uquvi faqat sahnada va sportda emas, xirurglar, hunarmandalar, mexaniklar va haykaltaroshlarga ham kerak.
5.Musiqiy intellekt-musiqa yozish va baholash, idrok etish qobiliyati, yaxshi musiqiy tovushlar farqlash, ritm va uyg‘unlik tuyg‘usiga egaligini. Shubhasiz siz musiqiy intellekt egalari yaxshi ijrochilar, bastakorlar, ovozrejissyorlari va musiqa tanqidchilari bo‘lib kamol topishlari mumkin. Bu intellekt tana-kinestetik intellekt bilan uyg‘unlashsa, u yaxshi kuylovchm va raqqos bo‘luvchilar uchun xosdir.
Dostları ilə paylaş: |