Intensiv mevachilikni xalq xo’jaligidagi ahamiyati va rivojlanish istiqbollari reja



Yüklə 460,57 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü460,57 Kb.
#103357
intensiv 1



INTENSIV MEVACHILIKNI XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Reja:

  1. Intensiv mevachilik asoslari

  2. Intensiv mevachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati

  3. Intensiv mevachilikning rivojlanishi

Intensiv bog’ning an’anaviy bog’lardan farqlari. Intensiv bog’ning an‘anaviy bog’lardan quyidagi farqlari mavjud:


Intensiv bog’larga sifatli, baland bo’yli ko’chatlar ekilishi natijasida ajratilgan joyni simbag’azda qisqa vaqtda to’ldiradi va natijada daraxt umrining birinchi yillarida juda ko’p miqdorda quyosh nurlari tutiladi. Daraxt ajratilgan joyni qanchalik tez to’ldirsa, meva shoxlar shunchalik tez rivojlanadi va gektariga olinadigan hosil maksimallashadi.
Daraxtlarning zichligi yetarli darajada bo’lishi kerak. Birinchi yil oxirida daraxtlar simbag’azni to’liq yoki katta qismini qoplashiga erishish zarur. Bunga erishishning yagona yo’li 1,5–1,8 metrli ko’chatlarni ekib, ularni qisqartirib kesmaslikdir. Shunday qilinsa ikkinchi yildayoq hosil olish mumkin.
Daraxtlar ikkinchi yilda hosil bera boshlashi natijasida o’sish hamda hosil berish o’rtasida muvozanat paydo bo’ladi va tomirlarning o’sishi chegaralanadi.
Simbag’azda daraxt shoxlari quyosh nurlari oson tushadigan holda shakllantiriladi. Bu orqali kesish, mevalarni siyraklashtirish va terish ishlari osonlashadi.
Daraxt mevali shoxlari qalin bo’lmaydi.
Tomirlar zichlashib o’sishi natijasida ularning tezligi sustlashadi.
Daraxt shox-shabbasining deyarli barcha qismi yerdan turib boshqariladi.
Bog’dagi ishlar kichik texnikalar orqali samarali amalga oshiriladi va kimyoviy preparatlar samarasi ortadi.
Intensiv bog’larning ko’p harajat talab qiluvchi mevalarni do’l va quyoshdan zararlanishiga qarshi to’rlar bilan yopish pirovardida iqtisodiy tomondan katta foyda keltiradi.
To’r bilan yopilgan bog’larda meva ko’rinishi sifatli va mo’l bo’ladi.
Intensiv bog’ va uning iqtisodiyoti to’g’risida bog’bonlar qancha ko’p ma‘lumotga ega bo’lishsa, shuncha ushbu sohaga bo’lgan e‘tibor va qiziqish ortishiga ishonamiz.


1-rasm. 2 yoshli olma daraxti
hosili. Gollandiya.

2-rasm. Besh yoshli Jeromin navli
olma daraxti hosili. O’zbekiston.




XXI-asrda meva yetishtirish va daromad keltiradigan bog’. Bog’ning

daromad keltirishi juda ko’p omillarga bog’liq. Mevali daraxtlarni ekishdan oldin joy va yerni tanlash, hamda nav va ko’chatlarga shakl berish usuli bog’ning kelajagini belgilaydi. Bog’ning iqtisodiy holati uni tashkil etilganidan so’ng qay darajada bozor talablariga javob beradigan meva yetishtirishiga bog’liq.


Ayniqsa, dastlabki yillarida bir gektardan olinayotgan hosil miqdori juda muhim omillardan biridir. Agar olma bog’ini tashkil etishda, navlarni tanlash va parvarishlashda eskicha fikrlash va usullardan foydalanish davom ettirilsa, kelajakda tashkil etiladigan olma bog’larida yetishtiriladigan meva sifati va miqdori past bo’lishi hamda kasalliklar katta talofatlar keltirib chiqarishi mumkin.
O’zbekiston bog’dorchiligini rivojlantirish uchun o’zimizdagi mavjud tajriba hamda meva yetishtiruvchi ilg’or davlatlarda to’plangan bog’dorchilik tajribalaridan foydalanish yuqori natijalarga olib keladi. Meva navlarini va shakl berish usullarini O’zbekiston sharoitida tekshirib ko’rib, shundan so’ng keng ishlab chiqarishga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Xaridorlar mevalarni nafaqat ko’rinishi uchun, balki ta‘mi, mazasi, yirikligi, havfsizligi hamda sog’liqqa foydaliligini ham hisobga olib xarid qiladilar.
Ko’chatlarning ekish qalinligi. Ko’p va qisqa vaqtda, shu bilan birga ko’p hosil olish uchun ekish zichligi, daraxt shakli va yakuniy daraxt hajmi juda katta ahamiyatga ega. Gektariga kam daraxt ekish va katta hajmdagi daraxtlarni parvarishlash davri o’tdi, chunki ular yangi intensiv usulda ekilgan mevali daraxtlar bilan hosildorlikda, meva sifati hamda ishchilar mehnati unumdorligida raqobat qila olmaydi.
Ishchilarning unumdorligi, ishlash havfsizligi va ularni bog’larga jalb etish masalalari muhim hisoblanadi.
Bog’larda ko’plab ishlarni yerdan turib bajarish ishchilarni mevali bog’larga jalb etishni va ularning mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini yaratib beradi. Zamonaviy qishloq xo’jalik kimyo vositalarini sepuvchi moslamalar kasallik va hashoratlarga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi.

3-rasm. Kuchli o’sadigan olma 4-rasm. Pakana daraxtlarning daraxtlarining shakli. 2-yilda gullashi.


Intensiv bog’larda mevali daraxtlar o’sish uchun ko’p joy talab etmaydi. O’sishi uchun keragidan ortiq joyga ega daraxtlar esa katta ildiz va shox-shabba tizimlarini shakllantiradi. Katta ildiz va shoxlar katta harajatli muammolarni keltirib chiqaradi.
Mevali daraxtlar ikki qismga bo’linadi-tutib turuvchi (ildiz, tana va shoxlar) va meva beruvchi (yon shoxlar, gulkurtaklar, barglar, o’suvchi kurtaklar va meva). Siyrak ekilgan daraxtlarda joyning ko’p qismini meva beruvchi qism emas, balki tutib turuvchi qism egallaydi.
Aksincha, zich ekilgan, simbag’az (shpaler) bilan tutib turiladigan mevali daraxtlarda meva beruvchi qism ko’proqdir. Shu omilning o’zigina intensiv bog’larning samaradorligini oshiradi.

5-rasm. Intensiv bog’larda qo’llaniladigan mexanizasiya vositalari va terimni samarali tashkil etishda qo’llaniladigan idish.
Shunday qilib, intensiv bog’larda yuqori va doimiy hosildorlikka erishish uchun tutib turuvchi qismining o’sish tezligini zamonaviy usullarni qo’llagan holda kamaytirib, ko’proq meva beruvchi qismini o’stirishga e‘tiborni qaratish juda muhim masalalardan hisoblanadi.
Shuning uchun ko’chatlarni erta ekish, ikkinchi yildan hosil olish, doimiy hosil olish, gulkurtaklarni ko’proq shakllanishiga yordamlashish, kesish va shakl berishni to’g’ri tashkil etish, tomchilatib sug’orish tizimidan foydalanish va novdalar o’sishini sekinlatuvchi preparatlar qo’llash eng muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Daraxtlarga yorug’lik tushishi. Daraxtlarga yorug’lik tushishi yuqori va bir maromda bo’lganda balandligi va hajmi kichik daraxtlar katta daraxtlar kabi yuqori hosil va yirik hajmli meva bera oladi. Bo’yi 4–5 metrga yetgan daraxtlarda juda ko’p tutib turuvchi katta shoxlar mavjud. Katta shoxlar juda ko’p ozuqani zaxira uchun olib qo’yadi, shu sababli ular meva yetishtirishga hissa qo’shmaydi. Intensiv usulda daraxtlarni zich ekish simbag’az va do’lga qarshi to’rlar hisobiga katta harajatlarni talab etadi.

6-rasm. Kuchli o’suvchi payvandtagga ulangan olma daraxtlari.
Simbag’az/shpalera. Intensiv pakana daraxtlar ekilgan bog’larda ikkinchi yilda hosil olish, shakl berish va o’sishni to’g’ri amalga oshirish uchun simbag’az o’rnatish zarurdir.

7-rasm. Intensiv bog’ning umumiy ko’rinishi.
Simbag’az daraxtlarni shamolda tebranishini kamaytirish orqali ko’chat o’sishini 10-15 % ga tezlashtiradi va tomirlarning rivojlanishiga ko’mak beradi. Ko’chatlar shamol natijasida o’sishga sarflashi kerak bo’lgan energiyaning bir qismini o’zini tutishga sarflaydi. Bundan tashqari, mayda tomirlar zararlanadi.
Simbag’az o’rnatish qimmat bo’lishiga qaramay kesish, siyraklash va terish ishlariga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi.

8-rasm. Erkin usulda shakl berilgan 9-rasm. Simbag’az hamda to’r olma daraxti. o’rnatilgan intensiv bog’.


10-rasm. Intensiv bog’da daraxtlarni balandlik moslamalaridan foydalanib kesish va hosilni yig’ish.
Narvonsiz ishlanadigan bog’lar. Bog’dagi ishlarni narvon ishlatmay bajarish ish unumdorligini 30-50 % ga oshiradi. Bunga erishishning ikki yo’li mavjud: daraxtlar bo’yini past holda saqlash yoki balandlik moslamalaridan foydalanish. Ikki usulda ham ishchilar havfsizligi ta‘minlanadi.
Narvonlar ishlatilmaganda terim unumdorligi 50 % ga ortadi. Mevalar tezroq, osonroq va sifatliroq teriladi. Daraxtlar bo’yi baland bo’lar ekan, kesishga sarflanadigan vaqt ham ortadi. Pakana daraxtlarda kesish va mevani siyraklashtirish baland bo’yli daraxtlarga nisbatan 27 % ga unumliroqdir. Daraxt shox-shabbasining qalinligi 1 metrdan oshmasligi ham mehnat unumdorligini ta‘minlaydi. Shu bilan birga mehnat unumdorligiga ijobiy ta‘sir etuvchi omil bu hosilning yuqori bo’lishidir.
Yüklə 460,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin