INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2022/14 40 o‘sib chiqadi. Gul o‘qining uzunligi 5-10 sm bo‘lib, uchida oddiy soyabonga
to‘plangan va bir tomonga egilgan sariq yoki sariq-pushti rang gullari joylashgan.
Mevasi- pishganda ochiladigan uch chanoqli ko‘sakcha. Yerdan qor ketmasdanoq
o‘simlik barg yozadi. Iyun oyida gullaydi, mevasi avgustda pishadi. O‘simlikning bargi
va piyozi yig‘iladi. Yig‘ilgan mahsulotni quritib yoki quritmasdan alkaloidlar olish
uchun zavodlarga yuboriladi.
Viktor omonqorasi tarkibida alkaloidlar, kraxmal, efir moyi va boshqa
birikmakmalar bor. Alkaloidlar yig‘indisidan galantamin, likorin va boshqa alkaloidlar
ajratib olingan.[4] Ilmiy tibbiyotda galantamin alkaloidining bromgidrat tuzi
miasteniya (muskullarning patologik kuchsizlanishi yoki soxta falajlik), miopatiya
(muskullarning kichrayishi va asta-sekin quvvatsizlana borishi), poliomiyelit asoratlari
hamda polinevrit, radikulit kasalliklarini davolash uchun, shuningdek nervlarning
shikastlanishida qo‘llaniladi.[1]
Severtsov omonqorasitog‘li nohiyalarida, tog‘larning o‘rta qismida mayda tosh-
tuproqli qiyaliklarda o‘sadi. Severtsov omonqorasi ko‘p yillik, yer ostida piyozboshisi
bo‘lgan o‘t o‘simlik. Piyozi qora yoki qora-qong‘ir rangli qobiqlar bilan o‘ralgan. Gul
o‘qi barglari quriganidan so‘ng o‘sib chiqadi. Ildizoldi barglari chiziqsimon, 4-10
dona. Gullari qizil-g‘isht rangli, gul o‘qi uchida oddiy soyabonga to‘plangan. Mevasi-
pishganda ochiladigan ko‘sak.Iyul oyida gullaydi, mevasi avgustda pishadi.
O‘simlikning piyozi kuzda, mevasi yerga to‘kilgandan so‘ng kovlab olinadi.
Severtsov omonqorasining piyozi tarkibida alkaloidlar, saponinlar, shilliq moddalar,
organik kislotalar, efir moyi va boshqa birikmalar bor. Alkaloidlar yig‘indisidan
ungerin, likorin, galantamin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan.
Zamonaviy tibbiyotda poliomielit kasalligidan keyingi paralich kasalligida hamda
ichak va siydik qoplari qattiq og‘riganda qo‘llaniladi. Galantamin bromgitrat va likorin
gidroxlorid tabletka holida chiqariladi.[6]
Noyob dorivor o‘t Ungernia victorisni saqlash uchun ishlab chiqilgan
mikroko‘paytirish usullarining muvofiqligini aniqlash uchun biz lampochka shkalasi