International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 7.502 Impact factor
Volume-11| Issue-5| 2023
Published:
|22-05-2023|
335
Publishing centre of Finland Banki va Amerika Taraqqiyot Banki kabi mintaqaviy ko„p tomonlama institutlar
ushbu jarayonni qo„llab- quvvatlashda yordam berishi mumkin. Masalan, moliya
vazirligi xodimlari, Markaziy bank xodimlari va moliyaviy tartibga soluvchilar o„z
faoliyatini mintaqaviy moliyaviy barqarorlikni ta'minlash uchun Osiyo moliyaviy
barqarorligi bo„yicha muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etishi mumkin [12].
Shveytsariyada Shveytsariya Milliy banki moliyaviy barqarorlik uchun
javobgardir. Shveytsariya Milliy Banki (SNB) barqaror moliyaviy tizimni individual
komponentlari, ya‟ni moliyaviy vositachilar va moliya bozori infratuzilmasi
o„zlariga tegishli funksiyalarni bajaradi va kutilmagan vaziyatlarga chidamli
bo„ladi. Muhim tizimli to„lovlar va qimmatli qog„ozlar bilan hisob-kitob qilish
tizimini nazorat qilish Shveytsariya Milliy Bankiga yuklatilgan. Shu munosabat
bilan Shveytsariya Milliy Banki Shveytsariya moliya bozorini nazorat qilish
boshqarmasi (FINMA) bilan hamkorlik qiladi va bu ikki moliyaviy institutlarning
vazifalari aniq belgilab berilgan. Agar mahalliy banklar o„zlarining ochiq bozordagi
operatsiyalarini qayta moliyalashtira olmasa, Shveytsariya Milliy Banki garovga
qarshi likvidlilik yordamini ko„rsatib, so„nggi yordamni amalga oshiruvchi (LoLR)
sifatida ishlaydi. Bank sektorini boshqarish Shveytsariya moliyaviy bozorini
nazorat qilish boshqarmasi (FINMA) zimmasiga yuklangan. Shveytsariya
moliyaviy bozorini nazorat qilish boshqarmasi (FINMA)ning maqsadi
kreditorlarni, investorlarni himoya qilish va moliya bozorlarining uzluksiz
ishlashini ta'minlashdir. Shveytsariya moliyaviy bozorini nazorat qilish
boshqarmasi (FINMA) moliya bozorlari ishtirokchilarini nazorat qilish va tartibga
solish uchun javobgardir. Shveytsariya moliyaviy bozorini nazorat qilish
boshqarmasi (FINMA) banklar, sug„urtalovchilar, fond birjalari, qimmatli qog„ozlar
dilerlari, jamoaviy investitsiya loyihalari, distribyutorlar va sug„urta vositachilari
ustidan vakolatlarga ega. U litsenziyalar beradi va pul yuvishga qarshi kurash olib
boradi. Bundan tashqari, u sanksiyalarni qo„llaydi va kerak bo„lganda qayta tashkil
etish va bankrotlik to„g„risidagi ish yuritishni amalga oshiradi. Shveytsariya
moliyaviy bozorini nazorat qilish boshqarmasi (FINMA) aksiyalar joylashtirilishini
nazorat qiladi, ish yuritadi, qarorlar chiqaradi va qonunbuzarlikda gumon qilingan
hollarda Shveytsariya Federal Moliya Departamentiga (FDF) jinoiy shikoyatlarni
yuboradi. U ochiq savdolarni nazorat qiladi va Shveytsariya qo„shib olish
kengashining (TOB) qarorlariga qarshi apellyatsiya sudi sifatida ishlaydi. U
qonunchilik jarayonida ishtirok etadi, vakolatli bo„lgan qarorlar chiqaradi, moliya
bozori to„g„risidagi qonunlarni sharhlash va qo„llash masalalari bo„yicha
tushuntirishlar olib boradi va o„z-o„zini tartibga solish standartlari bo„yicha
javobgardir [13].