AQShda federal ^ darajadagi regulyatorlarning guruhlanishi [14]
№
Federal regulyatorlar guruhlari Guruhlar tarkibidagi tashkilotlar nomi
1.
Depozitariy regulyatorlari
•
Valyuta nazorati bo‘limi (OCC)
•
Omonatlarni sug‘urtalash bo‘yicha federal korporatsiya (FDIC)
•
Banklar uchun federal zaxira
•
Kredit uyushmalari uchun Kredit uyushmalari milliy ma'muriyati
(NCUA)
2.
Qimmatli
qog‘ozlar
bozori
regulyatorlari
•
Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiya (SEC)
•
Birja savdolari bo‘yicha komissiya (CFTC)
3.
Hukumat tomonidan homiylik
qilinadigan
kompaniyalar
(GSE)
regulyatorlari
•
Uy-joylarni moliyalashtirish bo‘yicha federal agentlik (FHFA)
•
Fermer kreditlari ma'muriyati (FCA)
4.
Iste'molchilar
huquqlarini
himoya qilish regulyatori
• Dodd-Frank qonuni tomonidan yaratilgan iste'molchilarni moliyaviy
himoya qilish byurosi (CFPB)
International Journal of Education, Social Science & Humanities.
Finland Academic Research Science Publishers
ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 7.502 Impact factor
Volume-11| Issue-5| 2023
Published:
|22-05-2023|
337
Publishing centre of Finland
tomonidan nazorat qilinadi.
Moliyaviy tartibga solish turli xil maqsadlarga erishishga qaratilgan: moliya
bozorining samaradorligi va yaxlitligi, ishtirokchilar va investorlarning himoyasi,
kapitalning shakllanishi yoki kreditdan foydalanish, soliq to„lovchining himoyasi,
noqonuniy faoliyatning oldini olish va moliyaviy barqarorlik. Ushbu maqsadlarga
erishish uchun turli xil tartibga solish turlari - ehtiyotkorlik (xavfsizlik va
barqarorlik), oshkor qilish, standartlar, raqobat, narxlar va stavkalarni tartibga
solish qo„llaniladi. Ko„pgina kuzatuvchilar, tartibga solish tizimining tuzilishi
tartibga solish natijalariga ta'sir qiladi, deb hisoblashadi. Shu sababli, tartibga solish
tizimini tuzishning eng yaxshi usuli haqida Kongressda tez-tez muhokama
qilinadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Moliya bozorlarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o„rnini oshirish uchun
samarali tartibga solish tizimi o„rnatilishi lozim. Moliya bozorini tartibga soluvchi
organlar ishtirokchilar va investorlarning firibgarlik va manipulyatsiyadan aziyat
chekmasligini ta'minlashga e‟tibor qaratadi. Shuningdek, regulyatorlar
bozorlarning samarali ishlashini va bozor ishtirokchilarining bozor yaxlitligiga
ishonchlarini ta'minlashga e‟tibor qaratadi. Likvidlilik, keng qamrovdagi
ishtirokchilar hamda ishonchli ma'lumotlarning mavjudligi moliya bozorlarining
samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi. Ushbu faktorlarni moliya bozorlarida
yuzaga keltirish, ishtirokchilar faoliyatini mavjud xalqaro standardlarga
moslashtirish mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish imkonini beradi.
O„tkazilgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosa va takliflarni beramiz:
1.
Moliya bozorlarida tartibga solish usullarini, ya‟ni litsenziyalash, nazorat
qilish, qoidalar ishlab chiqish, hisobotlar taqdim etish, standartlashtirish,
ro„yxatdan o„tkazish tartibini belgilash kabilarni keng qo„llash firibgarlikning oldini
olish va moliya bozorini rivojlantirishda yordam beradi.
2.
Moliya bozorini tartibga solishda asosiy maqsadlardan biri sifatida
investitsion jozibadorlikni oshirish ta‟kidlanadi. Bunda moliya bozorini tartibga
solish orqali moliya bozorining faoliyat mexanizmlarini ishlab chiqish, moliyaviy
barqarorlikni ta‟minlash va investorlaming huquqlarini himoya qilish orqali
investorlarni jalb qilish imkoni yuzaga keladi.
3.
Hukumat tomonidan mamlakatimiz moliya bozorining Osiyodagi va
xalqaro darajadagi moliya bozorlarini tartib soluvchi tashkilotlar bilan,
shuningdek,
jadal
rivojlanayotgan
davlatlar
moliya
bozorlari
bilan
integratsiyalashuvi yo„llari ko„rib chiqilishi lozim. Bu xalqaro darajadagi talablarga
mos keladigan moliya bozorini shakllantirish, xorijiy mamlakatlar moliya
|