International Journal of Finance and Digitalization



Yüklə 64,77 Kb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü64,77 Kb.
#198726
1   2   3   4   5   6
1. Korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyaning tashkiliy jihatlari

Kirish


Innovatsion faoliyatni tashkil etish istalgan tarmoqdagi korxonalar uchun bozordagi oʻrnini mustahkamlash, raqobatbardoshlikni oshirish hamda foydani maksimallashtirish kabilarga erishish uchun zarur. Innovatsion faoliyatni tashkil etishda innovatsion strategiyalarni ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish masalalari xalqaro amaliyotda kompaniyalar faoliyatini tashkil etishda aksariyat kompaniyalar tomonidan e’tibor qaratilmoqda. Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish, innovatsion strategiyani shakllantirish kabi masalalarni hal etishda kompaniyada yoʻlga qoʻyilgan




korporativ boshqaruv muhim ahamiyat kasb etadi. Kompaniyaning korporativ boshqaruv organlari innovatsion strategiyani ishlab chiqish hamda uni amaliyotga joriy qilishda hal qiluvchi qarorlarni qabul qiladi. Milliy amaliyotimizda korxonalarda innovatsion strategiyalarni shakllantirish hamda ularni amalga oshirishda qator muammolar mavjud. Xususan, mamlakatimiz amaliyotida innovatsion strategiyalarda ta’kidlangan jihatlar korxona samaradorligini oshirish, yangiliklarni amaliyotga joriy etish, innovatsiyalarni amalda qoʻllash kabilarni toʻliqligicha qamrab olmasligi hamda korporativ boshqaruv organlari tomonidan innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash yetarlicha amalga oshirilmasligi sababli mazkur tadqiqot dolzarb hisoblanadi.


Adabiyotlar tahlili


Xalqaro amaliyotda innovatsion strategiyani samarali shakllantirish kompaniyalar faoliyatini samarali tashkil etishning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Shu sababli aksariyat tadqiqotchilar tomonidan korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyani shakllantirish boʻyicha izlansihlar olib borilgan. Xususan, L.Fu va boshqalar listing kompaniyalaridagi innovatsiyalarning korporativ boshqaruvga ta’sirini oʻrganishgan. “Shiddatli raqobatbardosh bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniya innovatsiyalar sohasida oʻzining yetakchi oʻrnini saqlab qolishi kompaniyaning uzoq muddatli yetakchilikni qoʻlga kiritishini belgilovchi omil hisoblanadi. Shuning uchun kompaniyaning innovatsion qobiliyati uzoq muddatli investorlarning daromadiga ta’sir qiluvchi eng muhim omil hisoblanadi” [1].
Bir guruh olimlar tomonidan innovatsiyalarni joriy qilishda korporativ boshqaruv muhim ahamiyatga kasb etishiga e’tibor qaratilgan. “Kompaniyalarda boshqaruv mexanizmlarini ichki (kompaniyaning oʻzi tomonidan oʻrnatiladigan) va tashqi (kompaniya ishtirok etadigan turli bozorlar tomonidan oʻrnatilgan)ga ajratish mumkin. Korporativ boshqaruv innovatsiyalar va texnologik oʻzgarishlarning asosiy omillaridan biridir. Shu sababli soʻnggi yillarda korporativ boshqaruv mexanizmlarining rahbariyat tomonidan qabul qilinadigan innovatsion qarorlarga ta’sirini oʻrganishga qiziqish ortdi. Innovatsion faoliyatlar va natijalar korporativ boshqaruv ta’sir koʻrsatadigan omillarga bogʻliq, masalan, mulkchilik tuzilishi, aksiyadorlar identifikatori yoki direktorlar kengashining faoliyati kabilar shular jumlasidandir” [2].
B.Bolton va J.Zhao fikricha, “innovatsion strategiya kompaniyaga raqobatda ustunlikni yaratishga va aksiyadorlar uchun qoʻshimcha daromad keltirishga yordam beradigan muhim strategiyadir. Shuningdek, innovatsiyalar tadqiqot va ishlanmalar, yangi mahsulotlar yoki patentlarni ishlab chiqish orqali amalga oshiriladigan riskli va uzoq muddatli investitsiyadir. Kompaniyalar innovatsiyalar




Yüklə 64,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin