International school of finance technology and science



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə3/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#168238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu

Ibn Sino (980-1037) - Uyg‘onish davri madaniyatining yirik arboblaridan biri. U 400 dan ortiq asar muallifi. Uning yozgan asarlari ilm-fanning barcha sohalariga taalluqlidir. Shundan 242 tasi bizga etib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, ilohiyot, tasavvuf, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruhshunoslikka bag‘ishlangan. U Sharqda «Shayxur-rais»-»Olimlar boshlig‘i» deb nom olgan. Uning «Kitob ash-shifo» («Davolash kitobi»), «Donishnoma», «Najoat», «Kitob ul insof» («Adolat kitobi»), «Kitob al-qonun fit tib» («Tib qonunlari kitobi») va boshqa asarlari bor.
  • Markaziy Osiyo mutaffakirlari ta’limoti
  • Ibn Xoldun (Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd: 1332-1406) arab tarixchisi va mutafakkiri. U Afrika shimoli-Tunisda 1332 yil 27 mayda o‘qimishli oilada tug‘ilgan. Ibn Xoldun Qur’onni o‘rgangan va matematika, tarix bilan shug‘ullangan. Hayoti davomida Tunis, Marokko, Ispaniya va Jazoir qirollari saroylarida boshqaruvchi bo‘lib faoliyat yuritgan hamda ilmiy kengash a’zosi bo‘lgan1. U o‘zining sotsiologiya (arab.ilm al-ijtimo‘) faniga oid dadil fikrlarni o‘rtaga tashlagan va Sharqda haqli ravishda shu fan asoschilaridan biri hisoblanadi. «Kitob ul-Ibar» (1370)ining muqaddima qismida uning tarixiy sotsiologik nazariyasi bayon etilgan. Ibn Xaldun bashariyat tarixida ilk bor asotir tafakkuri bilan emas, balki ilmiy, obyektiv nazar bilan qaragan eng zabardast tarixchidir»2.
  • Ibn Xoldun (Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd: (1332-1406)
  • Insoniyat ijtimoiy fikri tarixida birinchi bo‘lib, jamiyat, uning ichki rivojlanish qonuniyatlari va taraqqiyot an’analari haqidagi fanni yaratdi. Sharqning etuk sotsiologi bo‘lgan Ibn Xoldun «Muqaddima» (1381) asarining «Kirish» qismidagi dastlabki bo‘limni «Kishilarning umumiy ijtimoiy hayoti to‘g‘risida» deb nomlagan. Ibn Xoldun sotsiologik ta‘limoti quyidagilaridan iborat:
  • 1. «Insoniyat jamiyati vujudga kelishining mohiyati, sabablari, mavjudligiva mazmunli hayot kechirishning asosiy shart-sharoitlari, avvalo ularning o‘zaro munosabatlaridan iborat bo‘ladi.
  • 2. Tabiiy fizik-jug‘rofiy muhitning hayotga ta‘siri jismoniy qiyofa va kishilarning ruhiyatida ko‘rinib, bu jarayonda ikki-tabiiy jug‘rofik va ijtimoiy muhit bir-biri bilan bevosita munosabat va o‘zaro ta‘sirda bo‘ladi.
  • 3. Tabiylikdan yuqori bo‘lgan kuchning jamiyathayotiga ta‘siri va bu ta‘sirdan qutilish imkoniyatlari.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin