International school of finance technology and science


Emil Dyurkgeymdir(1858-1917)



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə9/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#168238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-mavzu

Emil Dyurkgeymdir(1858-1917). Emil Dyurkgeym 15 aprel 1858 yil Frantsiyaning Epinale shahrida tavallud topgan. U qadimgi ravvinlar (yahudiylar ruhoniysi) avlodidan kelib chiqqan bo‘lib, uning o‘zi ham ruhoniylikni (ya’ni yahudiylik dini ilmini) o‘rganadi, lekin o‘smirligida bu yo‘lni rad etadi. Uni nafaqat diniy ilm, balki dunyoviy ilmi ham qoniqtirmagan. Emil ko‘p e’tiborini adabiyot va estetik predmetlarga qaratgan. U ilmiy metodlarga qiziqqan va ijtimoiy hayotni axloq boshqaradi, deb hisoblagan. Dyurkgeym o‘zining siyosiy qarashlarida liberal bo‘lgan, lekin intellektual jihatdan ko‘proq u konservativ pozitsiyada turgan.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • U bir necha marotaba O.Kont va G.Spenserlar sotsiologik qarashining ahamiyatini ta’kidlagan, ularni tanqidiy anglagan va yanada rivojlantirgan. U yaxlit sotsial organizm bo‘lgan jamiyat haqidagi nazariyani ishlab chiqib, rivojlantirgan. U sotsial realizm nazariyasida sotsial voqe‘lik tabiatini sotsial voqealar orqali tushuntirish lozimligi, odamlarning fe’l-atvorini tahlil etishning boshlang‘ichi individlar, ijtimoiy guruhlar va tegishli sotsial institutlarning o‘zaro munosabat tizimini tashkil etgan jamiyat hisoblanishini bayon etgan. Dyurkgeym «Sotsiologiya uslubi qoidalari» nomli asarida sotsiologiya sohasidagi jamiyat rivojlanishi nazariyalarini ishlab chiqishga e’tiborini qaratib, sotsial omillarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan tafsilotlarni yaratish ustida shug‘ullangan. Sotsiologiya predmeti to‘g‘risidagi kontseptsiyani qaytadan ishlab chiqadi va uni empirik yo‘l bilan tekshiradi. «Sotsiologiya uslubi qoidalari» nomli asarida Dyurkgeym, sotsial faktlarni 2 tipga ajratadi: moddiy va ma’naviy.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • «Sotsiologiya», - deb yozadi u, – sotsial dalillar haqidagi fan bo‘lib, uning ostida siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa g‘oyalar, qoida va qadriyatlar yotadi. Dyurkgeym fikricha, sotsial voqe‘likning yakuniy sabablari bo‘lib, odamlarning amaliyotda ro‘yobga chiqariladigan g‘oya va madaniy qadriyatlari hisoblanadi. Aynan ana shunda, u har qanday sotsial evolyutsiyaning manbai mavjudligini ko‘radi. Bunda so‘z jamoaviy ongning namoyon bo‘lishi sifatidagi g‘oyalar va ma’naviy qadriyatlar ustida boradi.
  • Ayrim shaxslarda nisbatan sotsial qoidalar, qadriyatlar va boshqa ijtimoiy ongning nomoyon bo‘lishi obyektiv amal qiladi. Sotsial nazariya va uslub muammolarini ishlab chiqishda, Dyurkgeym Sotsiologiya va «Falsafa» ning o‘zaro ta‘siri muammolariga ham e’tiborni qaratgan.
  • Marksistik sotsiologiya ta’limoti
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin