Internet jurnalistika



Yüklə 413,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix05.04.2022
ölçüsü413,77 Kb.
#54778
1   2   3
44-45

To‘rtinchidan,

 ular texnik jihatdan tash-

kil etilganiga ko‘ra farqlanadi. Bunda veb-man-

baning nafaqat texnik, balki mazmun jihatdan 

qanday tashkil etilgani, maqsadi va vazifalari 

nimadan iborat ekani inobatga olinadi. Xusu-

san, bunga ko‘ra, ular veb-sayt, veb-portal, 

yangiliklar uzatish guruhlari va ma’lumot 

yuborish xizmati kabilarga ajratiladi.

Veb-sayt (web-site) — ingliz tilidan 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosi «internetdagi joy»ni 

anglatadi. Veb-sahifalar joylashgan joy sayt 

deb ataladi. Ular odatda «http://»dan boshlana-

digan manzilga ega bo‘ladi. Ommaviy axborot 

vositalarining saytiga gazeta va jurnallar-

ning har bir sonini joylashtirish, o‘zi haqidagi 

ma’lumotlarni berish hamda tahririyat to-

monidan kundalik yangiliklarni uzatish vazi-

falari yuklatiladi. Portal (portal) — so‘zma-so‘z 

tarjimasiga ko‘ra «darvoza» ma’nosini bildiradi. 

Boshqa internet sahifalardan farqli ravishda, 

veb-portal o‘zida bir necha saytlarga teng 

manbalarni birlashtiruvchi yirik resurs hisob-

lanadi. Bunday informatsion resursni tashkil 

etgan muassislar odatda unga bir necha vazi-

fani yuklaydi. Xususan, portal o‘quvchini alo-

hida mavzular bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot 

olish uchun o‘z ichiga qamrab olingan tarkibiy 

manbalariga yo‘naltiradi. Portallar xech qa-

chon monotematik, ya’ni bir mavzu bilan chek-

lanmaydi.

Ularning xususiyati aynan, politematik 

resurs sifatida o‘quvchiga kompleks ma’lumot 

berishdir. O‘z navbatida, ular qidiruv, kor-

porativ, informatsion portallarga bo‘linadi. 

Yangiliklar uzatish guruhlari (newsgroups) 

— kishilarning birlashib, umumiy qiziqish 

va  manfaatlar  bo‘yicha  munozara  va  davra 

suhbatlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan tizim. 

Mazkur xizmat auditoriyaning o‘zi tomonidan 

tashkil etiladi. Elektron pochta orqali amalga 

oshiriladigan axborot almashinuvi batamom 

o‘quvchilarning ixtiyoridan kelib chiqib tu-

ziladi. Muloqot quyidagi tarzda kechadi. Biror 

inson tomonidan ma’lum mavzu yuzasidan 

yig‘ilgan ma’lumotlar, maqolalar, lavhalar 

dunyoning boshqa chekkasida yashovchi shu 

mavzuga qiziqishi bo‘lgan kishilarga yubori-

ladi. O‘z navbatida, ular olgan ma’lumotlarini 

o‘zida mavjud yangiliklar va fikr-mulohazalar 

bilan to‘ldirib, boyitib qayta almashishadi. 

Bunda ma’lumotlarning muntazamligi, hajmi, 

mavzu ko‘lami, xullas, barchasi o‘quvchilar 

ixtiyori bilan belgilanadi. Shu tarzda audito-

riya informatsiya yaratish, uzatish, tarqatish 

va chop etish jarayonining faol ishtirokchisi 

sifatida qatnashadi. Xatlarning uzun «zan-

jiri» singari yaratilgan yangiliklar uzatish 

guruhlarini, mohiyatiga ko‘ra, muntazam 

ravishda, yangilanib turuvchi, maqolalarning 

tematik to‘plami, deb aytish mumkin.

Ma’lumot  yuborish  xizmati  bevosita  ax-

borot ishlab chiqarish jarayoniga emas, uni 

tarqatish va ommaviylashtirishga aloqador 

bo‘lgan informatsion xizmat sanaladi. Mazkur 

xizmat veb-manbaning kundalik yangilikla-

rini kunning aniq belgilangan vaqtida, bevo-

sita o‘quvchilarning elektron pochta manzili-

ga yetkazib beruvchi vosita hisoblanadi. Un-

dagi ma’lumotlar bilan bevosita shu xizmatga 

obuna bo‘lgan o‘quvchilargina ta’minlanib 

turadi. Internet jurnalistika — elektron ijod 

mahsuli sifatida Internet muhitida jurnalist 

ijodi orqali shakllanadi va foydalanuvchilar-

ga taqdim etiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 

internet imkoniyatlari jurnalistning ijodiy 

jarayoniga ma’lum yangilik va o‘zgarishlarni 

olib kiradi. Jumladan, tarmoqning multime-

dia xususiyati, tezkorlik va interaktivlik prin-

siplari ijodni odatiy bosma ommaviy axborot 

vositalari uchun maqola tayyorlashdan farqli 

bo‘lgan jarayonga aylantiradi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda, 

mamlakatimizda Internet jurnalistikaning

jadal rivojlaniib borayotganligiga guvoh bo‘l-

moqdamiz.

45

oylik axborot-tahliliy jurnal /



 

¹12 / 2018



Ta’lim

Yüklə 413,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin