11.3. Internetga ulanishni tashkil etish
Internet tarmog'ining xizmatlaridan foydalanish uchun albatta unga ulanishni tashkil etish kerak. Ko'pincha operasion sistemalar avtomatik tarzda ulanishni tashkil etadi, lekin ayrim hollarda u yoki bu sabablarga ko'ra bog’lanish o'rnatilmasligi mumkin. Hozirgi kunda eng zamonaviy operasion sistema Microsoft Windows XP hisoblanadi. Biz ushbu operasion sistemada Internetga ulanishning tashkil etilishini ko'rib chiqamiz:
1. Ish stolida Setevoe okrujenie (tarmoq muhiti)ni tanlang. Natijada quyidagidek oyna hosil bo'ladi:
2. Yuqorida ko'rsatilgan oynada kompyuterda mavjud (joriy va joriy bo'lmagan) tarmoq
ulanishlarini boshqarish va hosil qilish mumkin. Biz bu yerda Sozdanie novogo podklyucheniya (Yangi ulanishni yaratish) buyrug'ini tanlaymiz. Natijada Master novix podklyucheniy (yangi ulanishlar ustasi) yordamchi dasturi yuklanadi.
3. Ushbu usta ulanishni tashkil etishda atroflicha yordam ma'lumot beradi va bu yerda biz ulanish tashkil etilishini boshlash uchun Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz. Keyingi oynada birinchi uslubni tanlab, Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.
4. Keyingi oynada "Ustanovit podklyuchenie vruchnuyu" (Ulanishni qo'lda tanlash) ni tanlab, Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.
5. Undan keyingi oynada ulanishda qo'llaniladigan qurilma tanlanadi. U yerda biz oddiy modemligini ko'rsatamiz.
6. Bundan keyin Internet provayder nomini kiritamiz va albatta Dalee (Oldinga) tugmasini bosamiz.
7. Internet provayder tomonidan berilgan telefon raqami kiritiladi. Agarda Siz ulangan telefon analogli telefon stansiyasiga tegishli bo'lsa, telefon raqamidan oldin r harfini kiritish shart. Masalan: r1619900
8. Keyingi oynada Internet-provayder tomonidan beriladigan foydalanuvchi nomi (login) va parol ikki marta kiritiladi va Dalee (Oldinga) tugmasi bosiladi.
9. Natijada yordamchi usta dasturining oxirgi oynasi hosil bo'ladi. U yerda Gotovo (Tayyor) tugmasini bosamiz. Agarda ulanishni tashkil etuvchi yorliq ish stolida hosil bo'lishini istasangiz, Dobavit yarlik na rabochiy stol (Ish stolida yorliq yaratish) dagi bayroqchani o'rnatish kerak.
Endi Internetga ulanish uchun biz ish stolida hosil bo'lgan yangi yorliqni tanlaymiz va hosil bo'lgan oynada Vizov (Chaqiriq) tugmasini bosib ulanamiz.
Dostları ilə paylaş: |