Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə5/32
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili

-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish mumkin.
Lokal kompyuter tarmoqlari
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi.

Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo’llaniladi:

1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.

2. Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.

3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.

Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o’rtasida ma’lumot almashishni tashkil etish mumkin. 

 Xo’sh, tarmoqning o’zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elertron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta’minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko’nikmalariga ega bo’lish hozirgi jamiyatning har bir a’zosi uchun muhimdir.

       Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo’ladi.

Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir, ya’ni kompyuterlarning o’zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuidir

Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog’liq.

Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. 

Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyu­ter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.

Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq.

Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.

Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.

Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoq         odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuning uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo’ladi.

Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir.

Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.

Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.

Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.

Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.

Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatishga xizmat qiladi.

Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma. Modem “modulator” va “demodulator” so’zlari birlashmasidan hosil bo’lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko’rinishidan raqamli ko’rinishiga aylantiradi. 

Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari bilan tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib, ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir.

Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch kurinishi mavjud:

halqasimon;

— shinali;

— yulduzsimon.

Halqasimon bog’lanishda kompyuterlar yopiq chiziq buyicha bog’langan bo’ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo’ladi. Axborot halqa bo’yicha kompyuterdan kompyuterga o’tadi.




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin