WWW.UZ dagi bo‘limlar ("Katalog", "Top-reyting", "Jamlangan statistika" va "Yangiliklar") foydalanuvchiga qator qulayliklarni yaratadi.
"Katalog" bo‘limida bevosita O‘zbekiston Respublikasiga aloqador bo‘lgan, ro‘yxatga olingan, ularga tavsif berilgan hamda katalog mavzulari bo‘yicha saralangan veb-saytlar haqida ma'lumot berilgan. Katalog foydalanuvchilari kerak bo‘lgan saytni yo‘nalishlar bo‘yicha (Iqtisod, Sport, Madaniyat, Yangiliklar va boshqalar) qidiruv orqali tezroq topishadi. Saytlarning yo‘nalishlar bo‘yicha ruknlarga (moliya, siyosat, kino va hokazo yo‘nalishlarda) ajratilgani ham qo‘shimcha qulaylik beradi.
Internetdan foydalanishni o‘rgangan va uning samarasidan bahramand bo‘lishni istagan har bir shaxs qidiruv tizimlarining imkoniyatlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi, undan foydalanish yo‘llarini puxta o‘zlashtirishi talab etiladi. Bunda nafaqat jahon axborot resurslaridan, balki milliy segmentdan ham foydalana olishning ahamiyati katta. Chunki o‘zbek internet dunyosi ham har kuni yuzlab, minglab foydali axborotlar bilan boyimoqda. Ularni topish va batafsil tanishish uchun esa milliy axborot-qidiruv tizimlari ko‘magiga tayanishga to‘g‘ri keladi.

Axborot izlash jarayoni
Axborot izlash jarayoni Internetda axborot iste'molchisining va Internet tuzilmalaridagi axborot izlash tizimlari bilan muloqoti asosida yuz beradi. Iste'molchi o‘zining axborotga bo‘lgan talabini axborot so‘rovi tarzida shakllantiradi. Bu so‘rovni bajarish uchun brouzer axborot izlash tizimi vositasida so‘rovga mos kelgan faktlar, hujjatlar yoki hujjatlar haqida ma'lumotlar topib beradi.