22-dars. AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATI VA MUALLIFLIK HUQUQI Insoniyat o‘z hayotini Internetsiz tasavvur
qila olmaydi. Dunyoda, yon-atrofimizda
sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar,
so‘nggi yangiliklarni bilishda Internet katta
rol o‘ynaydi. Internetdagi har qanday
axborotning sifati va ishonchliligini baholay
olish, ulardan to‘g‘ri foydalana bilish va
har bir ma’lumotga tanqidiy yondashishni
o‘rganish har bir shaxsning eng asosiy
vazifalardan biri hisoblanadi.
Mualliflik huquqi (ingl.
copyright ) – shaxs
tomonidan yaratilgan g‘oya (fikr) yoki asarga
nisbatan bo‘lgan huquq.
Plagiat (lot.
plagio – o‘g‘irlash) – asardan uning
muallifini kо‘rsatmasdan foydalanish, ya’ni
mualliflik huquqini о‘zlashtirish.
Huquq – davlat tomonidan berilgan, foydalanish
mumkin bo‘lgan imkoniyat.
TAYANCH TUSHUNCHALAR Axborot bilan ishlash madaniyati “Axborot” atamasining tavsifi ko‘p bo‘lsa-da, umuman olganda, u to‘plangan, qayta ishlangan va
izohlangan, foydalanish uchun qulay ko‘rinishda taqdim etilgan ma’lumot ma’nosini anglatadi
(axborot – bu “tushunish uchun oson shaklda berilgan bilimlar”dir; axborot – “insonning ongiga
yetib boradigan va uning bilimini oshiradigan” tushuncha).
Axborotni qidirish, bunda turli soxta ma’lumotlarga aldanib qolmaslik, zarur axborotlarni ajrata
bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, uning mazmunini tushunish, do‘stlarga xolis manbalarni
uzatish, mantiqiy fikrlay olish jarayonlari umumiy nom bilan
axborot bilan ishlash madaniyati deb
ataladi. Axborotning kim uchun, nima maqsadda tayyorlanganligini tushunib yetish ham muhim
ahamiyatga ega.
Sevimli kitobim