Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari


Daromad o’sishining investitsiyaga ta’sir doirasini ko’rsatish maqsadida iqtisodchilar akselerator tushunchasini kiritishgan. Akselerator



Yüklə 79 Kb.
səhifə2/5
tarix08.02.2023
ölçüsü79 Kb.
#83497
1   2   3   4   5
Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari

Daromad o’sishining investitsiyaga ta’sir doirasini ko’rsatish maqsadida iqtisodchilar akselerator tushunchasini kiritishgan. Akselerator2 – investitsiyalar o’sishining milliy daromadga nisbatini ifodalovchi koeffitsient bo’lib, u joriy yildagi investitsiya o’sishining o’tgan yilgi milliy daromad o’sishiga nisbati tarzida aniqlanadi. U daromadning o’sishining investitsiya o’sishiga ta’sirini ko’rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, investitsiya jarayonining mohiyatini yoritganda uni jamg’arish (resurlar), qo’yish (xarajatlar) va foyda (daromad) olishdan iborat dinamik jarayonda olib qarash lozim. Investitsiya jarayonining asosida investitsiyadagi ketma-ketlik, ya’ni resurslar (jamg’arish) – investitsiya qo’yish (xarajatlar) – foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishi ketma-ketligi yotishi kerak (1-rasm). Ammo, bu erda shu narsani e’tiborga olish lozimki, daromad investitsiya jarayonida emas, balki ishlab chiqarish jarayonida yaratiladi. Yaratilgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, qolgani jamg’ariladi.

1-rasm. Investitsiya jarayoni


Investitsiya jarayoni tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlarini tashkil etish uchun mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash maqsadida investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni turli shaklda qo’yish bilan bog’liq harakatlari yig’indisi, deb tushunilishi kerak. Bu jarayon jamg’arish (resurslar) – investitsiya qo’yish (xarajatlar) – mol-mulk kapitallashuvi – iqtisodiy yoki ijtimoiy samara ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Albatta, bu holatda pul shaklida qo’yilgan investitsiyalar mol-mulk kapitallashuvini anglatmaydiku?, degan savol tug’ilishi mumkin. Shuni alohida qayd qilish lozimki, investitsiya jarayonining natijasida pul mablag’lari, oxir-oqibatda, kapital mol-mulklarning kapitallashuviga olib keladi. Chunki, investitsiya qo’yishdan maqsad daromad olish ekan, faqatgina mol-mulklarning kapitallashuvigina daromad olish uchun sharoit yaratadi. Shuning uchun ham pul mablag’lari, aktsiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy shaklda investitsiya qilishdan maqsad mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash, ularni yangilash va zamonaviylashtirishdan iborat.
Umumlashtiradigan bo’lsak, resurslar, ularni qo’yish va bu jarayon natijasida foyda (daromad) olish bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, investitsiya qilishdan oldin resurslar jamg’ariladi, so’ng ular foyda (daromad) yoki ijtimoiy samara olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga joylashtiriladi. Resurslarsiz qo’yish jarayoni bo’lmaydi, resurslar qo’yilmas ekan foyda (daromad) yoki ijtimoiy samara olish ham mumkin emas va shuningdek, resurslar qanday turda bo’lishidan qat’iy nazar ularning manbai daromaddir.
Demak, yuqorida aytib o’tilganidek, resurslar (jamg’arish) – investitsiyalashning bosh nuqtasidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shakllaridan qat’iy nazar investitsiyalar kapitalni (resurslarni) jamg’arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg’arish investitsiya qo’yishning asosi bo’lib, u qo’yiladigan investitsiyalarning hajmini ham belgilab beradi.
Fikrimizcha, investitsiya faoliyatida investitsiyalarning ketma-ketligi va ularning o’zgaruvchanligi, ya’ni resurslar (qiymatliklar) – qo’yish (xarajatlar) va investitsiya natijasida samara (foyda, daromad) olish yotishi kerak. Agar samara olinmasa investitsiyalashga rag’bat ham bo’lmaydi.
Investitsiyalashning bosh bosqichlari quyidagilar bo’ladi: resurslarni kapital qo’yilmalarga aylantirish (resurslarning kapitallashuvi), ya’ni bunda investitsiyalar investitsiya faoliyatining aniq ob’ektlariga transformatsiyasi jarayoni yuz beradi; qo’yilgan mablag’larning kapital qiymati o’sishiga aylanishi (ekspluatatsiyaga berilgan ob’ektlar va ishlab chiqarish quvvatlari shaklida); kapital qiymatining daromad (foyda) shaklida o’sishi, ya’ni investitsiyalashning oxirgi (so’nggi) maqsadi amalga oshiriladi.
Shunday qilib, investitsiyalarning bosh va oxirgi nuqtalari tutashadi. Bunda yana ketma-ketlik, bir-biri bilan yangi aloqa shakllanib: daromad (foyda) – resurslar – oxirgi natija, ya’ni jamg’arish jarayoni takrorlanadi. Demak, investitsiya faoliyatining mohiyatini tushunishda jamg’arish (resurslar), investitsiya qo’yish va ularning kapitallashuvi jarayonlarini ham birga olib qarash lozim.
Investitsiya faoliyati investitsiyalash va investitsiyalarni, mulkni ko’paytirishning asosi hisoblanadi, chunki aynan ana shu faoliyatda investitsiya bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tadi, ya’ni jamg’armalar (resurslar), qo’yilmalar (xarajatlar), kapital mulk (tayyor mahsulot), iqtisodiy yoki ijtimoiy samara (daromad, foyda) va kapitalni o’stirish (jamg’arma) shaklini oladi.
Investitsiya jarayoni bilan investitsiya faoliyatining farqi shundaki, investitsiya jarayoni maqsadli, maqsadli harakatni namoyon etmaydi, balki, umumiy hatti-harakatlarni ifoda etadi va mujassamlashtiradi. Investitsiya faoliyati aniq maqsadga asoslangan bo’lib, maqsadlarning turlariga qarab, turlicha yo’nalish, xususiyat, natija va samaraga ega bo’ladi. Investitsiya faoliyati biznes-g’oyalarni yaratish, ishlab chiqish, ular asosida investitsiya loyihalarini asoslash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa asoslarini aniqlash va ta’minlash va shuning asosida investor xarajatlari qoplanishi, mulkning yanada ko’payshiga erishish hamda bu jarayonda ma’lum sub’ektlar ishtirokini ta’minlash harakatlari va imkoniyatlarini aks ettiradi. Shu jihatdan investitsiya faoliyati investitsiya jarayoniga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi.

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin