Investitsiya korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida
3. Rivojlangan mamlakatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda risklarni boshqarish va baholash amaliyoti tahlili
Rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiyada) investitsion loyihalarni moliyalashtirish maqsadlariga berilgan kreditlar bo'yicha kredit riskini boshqarish bir qator aniq tamoyillarga asoslanadi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Investitsion loyihalar bo'yicha ishlab chiqilgan biznes rejalarning mukammal ishlanganligi.
Biznes rejalarning mukammal ishlanganligi uning har bir bo'limi bo'yicha investitsion risklarning to'liq hisobga olinganligida, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotish strategiyasining to'g'ri tanlanganligida, investitsion loyihaning samaradorligiga ta'sir qiluvchi har bir asosiy omilning ta'sir mexanizmining inobatga olinganligida namoyon bo'ladi.
Biznes rejada mahsulot sotiladigan bozor chuqur tahlil qilingan bo'lishi lozim. Chunki rivojlangan sanoat mamlakatlarida tovarlarning taqchilligi mavjud emas, balki tovarlarni sotish muammosi mavjud. Shu sababli, mazkur mamlakatlarda investitsion loyihalar bo'yicha tuzilgan biznes rejalarda asosiy e'tibor mahsulot sotiladigan bozorlarni o'rganishga qaratiladi.
Biznes rejalardagi asosiy bo'limlardan yana biri ishlab chiqarishni tashkil etilishidir. Ishlab chiqarishning to'g'ri tashkil etilganligi pirovard natijada mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada oshib ketishining oldini oladi. Bu esa, ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Odatda zahiralar qanchalik tez aylansa, ularni boshqarish samaradorligi shunchalik yuqori baholanadi. Lekin bu ko'rsatkichdan foydalanishda extiyotkorroq bo'lmoq lozim. Chunki bu ko'rsatkichning past darajasi zahiralarni sekin aylanishi yoki ularning ma'lum qismini eskirishi oqibati bo'lishi mumkin.
Eskirishni chiqarib tashlash ombordagi mahsulotlarni qayta baholashga olib kelishi mumkin, bu esa, o'z navbatida, zahiralarga likvidli aktiv sifatida qarash imkonini bermaydi. Shuning uchun ham aylanish koeffitsientini zahiralarning ayrim elementlariga nisbatan qo'llash orqali undan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin.
Uzoq muddatli qarzdorlik koeffitsienti (UMQK). Ushbu koeffitsient quyidagi formula asosida hisoblanadi:
UMQK=Uzoq muddatli kreditor qarzdorlik .(5) Kapitallashgan mablag'larning umumiy hajmi
Kapitallashgan mablag'larning umumiy hajmi deganda uzoq muddatli kreditor qarzdorlik bilan o'z kapitalining yig'indisi tushuniladi. Ushbu ko'rsatkich korxona kapitalining tarkibida uzoq muddatli majburiyatlarning salmog'i to'g'risida ma'lumot beradi. Agar korxonada nomoddiy aktivlarning qiymati sezilarli darajada katta bo'lsa ularning miqdori kapital qiymatidan chegirib tashlanadi. Ayrim hollarda imtiyozli aktsiyalar kapitalning elementi sifatida emas, balki qarz majburiyati sifatida qaraladi. Chunki bu aktsiyalar boshqa aktsiyalarga nisbatan ustuvor talab qilish huquqini beradi.
Pul oqimi darajasi ko'rsatkichi (PODK). Ushbu ko'rsatkich quyidagi tartibda hisoblanadi:
Pul oqimi
PODK _ (6)
Kreditor qarzdorlikning umumiy miqdori
Mazkur ko'rsatkich korxonaning o'z qarzlarini to'lay olish mezoni hisoblanadi. Pul oqimining miqdori korxonaning xo'jalik faoliyati natijasida olgan pul mablag'lari sifatida aniqlanadi. Agar korxona rentabelli bo'lsa, u holda pul oqimi sof foyda va amortizatsiya miqdoridan iborat bo'ladi.
Mazkur koeffitsient korxonaning obligatsiyalarini o'rganishda juda qo'l keladi, lekin respublikamizda korxonalarning obligatsiyalari mavjud emas.
Mazkur koeffitsient korxonani o'z resurslaridan samarali foydalanish darajasini ko'rsatadi. Uni baholash uchun o'rtacha tarmoq ko'rsatkichi bilan solishtirish lozim. Rivojlangan davlatlarda investitsion risklarning darajasini pasaytirishning muhim vositasi sifatida kompaniyalarni ISO 9000 standarti bo'yicha xalqaro sertifikatlashtirishdan foydalanilmoqda. Bunday sertifikatlarni beruvchi nufuzli
xalqaro kompaniyalarga quyidagilar kiradi:
SGS International Certification Services (Shveytsariya).
NUV Zeertifizierungsgemeinscahft (Germaniya).
Mazkur kompaniyalar tomonidan beriladigan sifat sertifikatlari dunyoning ko'plab mamlakatlarida amal qiladi, ya'ni tan olingan. Hozirgi davrda AQSh va G'arbiy Evropada kompaniyalarning kamida 80 foizi sertifikatlashgan. Xitoyda esa, sertifikatlashgan korxonalarning salmog'i 40 foizga yetdi.9 Sifat sertifikatlarini olish korxonalarni jahon bozorlariga chiqishiga imkon beradi, ularning tovarlarini sotilishini tezlashtiradi. Xalqaro amaliyot tajribalarini o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, faqat reputatsiyasi (nufuzi) yuqori bo'lgan kompaniyalarning sifat sertifikatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
9 В.А.Москвин. Управление рисками при реализации инвестиционних проектов.-М.:ФиС, 2014. - с.174
Bunda, to'lovga qobiliyatlilik reytingi qancha past bo'lsa, o'z kapitali miqdoriga bo'lgan talab shuncha yuqori bo'ladi. Mustaqil ishlab chiqarish reyting tizimidan foydalanish tijorat banklari uchun kreditlashga har tomonlama qarzdor bilan bog'liq risk darajasi va turiga qarab yondoshish imkonini beradi. Shu bilan birga, zamonaviy dunyoda risklar doim diversifikatsiya qilinib borishi hamda bank oldida mazkur risklarni baholash uslublarini har doim yaxshilab borish vazifasi turadi. Ushbu masalani hal qilish uchun banklarning o'zlarini hamda nazorat organlarini, maslahat beruvchi firmalarni, reyting agentliklarining harakatlarini muvofiqlashtirish lozim bo'ladi.
Polsha Evropa Ittifoqiga a'zo bo'lgandan so'ng xalqaro Bazel qo'mitasi tomonidan risklarni baholash va boshqarishga nisbatan belgilangan talablarga to'liq qo'shiladigan bo'ldi. Risklarni baholash va boshqarish strategiyasi banklar kapitalini etarliligiga qo'yiladigan talabni yangilash yo'li bilan nazorat faoliyatini mukammalashtirishga qaratilgan. Nazorat organlarining maqsadi bankning kapital bazasi holatini nazorat qilish bo'lsa, ularning strategiyasi-kapitalni bankning risk umumiy tuzilmasiga muvofiqligini ta'minlashi lozim bo'ladi. Shu sababli, nazorat organlari banklarning o'z kapitali etarliligi me'yorining eng kam talablarini bajarishini talab qilish huquqiga ega bo'lishi, shuningdek, kapital bazasini baholash jarayoni va reytingi ishlab chiqilgan bo'lishi lozim.
Р. Езерски. Управление риском в современном банке. - Варшава, 2016. - с.189