Investitsiya loyihalari tahlili



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/104
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155238
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104
portal.guldu.uz-INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI

| a;-Vi| / N < 25
Misol: 3 ta ekspert A,V,S quyidagi loyiha bahosini berdilar: A 
(100,75,50,25); V(75,75,75,75); S(25,50,75,100);
AV[(100-75) +((75-75) +50-75) +(25-75)/4= 100/4=25.
Xuddi shunday AS=50 va VS=25 topiladi. Agar yuqoridagidek 
ekspertlarning fikri bir-biridan farq qilsa, unda maxsus mutaxassislar 
yig’ilishida bu masala o ’rganiladi. Aytaylik, loyiha maqsadi jam oa 
xo’jaligi hududida aktsiyadorlik 
jamiyati 
sutni 
qayta 
ishlavdigan
178


korxona vujudga keltirishdan iborat. Xom ashyo bazasi korxona atrofidagi 
fermer xo’jaligi hisoblanadi. Korxona o ’z mahsulotini yaqinda joylashgan 
shaharda sotadi. Korxonada yirik muzlatgich bo’lib, u avariya bo’lsa atrof- 
muhitni ammiak bilan ifloslashga olib kelish ehtimoli bor. X avf darajasini 
aniqlash uchun 3 ta ekspert chaqirilgan. 1-ekspert aktsionerlik jamiyati 
direktori; 2-ekspert mahalliy rahbar; 3-ekspert pensioner.
Birinchi bosqich bo’yicha, ya’ni tayyorlov davridagi qaltislik 
bo’yicha m a’lum bo’ladiki, ikkinchi ekspert optimist, uchinchi ekspert esa 
pissimist. Bu, albatta, kelgusida to ’g’ri qaror qilishga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. YUqoridagi keltirilgan xavflardan tashqari quyidagi qaltisliklar 
ham mavjud bo’lib, ulami tayyorlov bosqichiga kiritish mumkin:
- transportdan uzoqda joylashganligi;
- muqobil xom ashyo manbalariga ega yoki ega emasligi;
- qurilishga doir bo’ladigan yuridik hujjatlami tayyorlash;
- ob’ektni boshqarishni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan xavflar.
Bulami yuqoridagi qaltisliklarga qo’shish uchun muqobil javoblar
bo’lishi kerak. Agar ekspertlaming fikrlari bir joydan chiqsa, unda bularni 
qo’shish shart emas. 
YUqoridagi jadvalda ekspertlar tomonidan 
baholangan qaltislik darajasining dastlabki natijalari qayd etilgan. Har bir 
qaltislikning jam i qaltislikdagi vazni yoki boshqacha aytganda ahamiyati 
ekspertlar tomonidan emas, balki loyihani vujudga keltiruvchilar 
tomonidan belgilangan. Bizning misolimizda qaltislikni tug’diruvchi 
sabablar ahamiyatiga ko’ra, uchga bo’lingan. Bir bosqichga kiruvchi 
hamda turli ustuvorliklarga tegishli qaltislikning jam i qaltislikni hisobga 
olinadigan vazni turlicha bo’ladi. Bir bosqichga kiruvchi 
1- va 3- 
ahamiyatlilik orasidagi nisbat 10 ga teng deb olsak va uchinchi 
ahamiyatlilikni x bilan belgilasak, birinchi ahamiyatlilik lOx ga, ikkinchi 
ahamiyatlilik esa 5,5*x= (10+l)*x / 2 ga teng bo’ladi.
SHu asosda yuqoridagi jadvalni qo’shimcha materiallar yordamida 
quyidagi shaklga keltiramiz:
Jadval tahlili shuni ko’rsatadiki loyihani tayyorlov davrida vujudga 
keladigan xavf 2.7%ni tashkil etadi. Ijtimoiy xavf darajasi 14 foiz ekan.
Qaltisni kompleks baholashdan oldin ekspluatatsiya bosqichidagi 
xavflami birlashtirib olamiz.
179


Ekspluatatsiya bosqichi qaltis
qaltis turi
qaltis
M oliyaviy-
iqtisodiy
13,6
Sotsial
13,5
Texnik
4,4
Ekologik
0,7
JAMI
32,2
Endi barcha bosqichlar bo’yicha qaltisni bir jadvalga to ’playmiz.
Bosqichlar b o ’yicha qaltislar darajasi
Bosqishlab chiqarish
X avf
Loyihaning 
tayyorlov 
bosqichiga xos xavflar
2,7
Qurilish bosqichidagi xavflar
12,5
Ekspluatatsiya 
bosqichidagi 
xavflar
32,2
JAMI
47,4
Bu loyiha xavfi 47,4 foizni tashkil etdi. SHuning uchun qaltis 
qilishdan oldin chuqur o ’ylab ko’rish kerak. Qaltislarining ahamiyatliligi 
orasidagi nisbat o ’zgartirilsa ham natija taxminan shunday chiqadi.
Nisbat 
100 
10 

3
X av f ehtimolligi 
52,7 47,4 47 44,9
X avf asosan juda muhim bo’lgan omillardan tashkil topadi. Bizning 
m isolim izda bular quyidagilar.
O ’z aylanm a m ablag’i etishmasliligi xavfi - 10,0%; ish tashlash xavfi 
8,3%; ko’zda tutilm agan xarajatlar shu jum ladan inflyatsiya 8,3%. Bu 
uchta omilga yarmidan ko’proq - 26,6% xav f to ’g ’ri keladi. Agar shu 
xavflami b artaraf qila olsak unda loyihani investitsiyalash mumkin 
bo ’ladi. Y Uqorida qayd etilgan xavflardan tashqari belgilanishi qiyin 
b o ’lgan yoki umuman aniqlab b o ’lmaydigan xavflar ham mavjud. Bunga 
har xil tabiiy ofatlar, hukumat siyosatining o ’zgarishi kabilar kiradi.
180


Qisqacha xulosalar
Loyihalarda tavakkal xavfi har doim b o ’ladi. YUqorida investitsiya 
bilan bog’liq qaltislikni ko’rib chiqdik. Albatta, qaltislikni hisobga 
olmasdan loyihalarni baholashimiz, solishtirishimiz mumkin. Ammo bu 
haqiqiy holatni k o ’rsatmaydi. Agar shu loyihadan mavjud qaltisga qo ’l 
urishim izga arziydigan manfaat olsakkina uni am alga oshiramiz. YAna 
bizni 
loyiha qaltisini 
boshqarish usullari 
qiziqtiradi 
va qaltisni 
boshqarishga xarajatlarni ham loyihalarni baholashda hisobga olish 
mumkin. Umuman, boshqarsa bo ’ladigan (sug’urta va boshqalar orqali) 
qaltislar m a’lum xarajatlarni loyihaga q o ’shish orqali hisobdan chiqarilishi 
mumkin. Bu boyihalar m a’lum darajada qaltislardan xoli xolda baholanishi 
va solishtirilishi mumkin. SHuning uchun loyiha samaradorligini 
baholashda ularning qaltisi hisobga olinadi va u asosan qanday qaltislardan 
iboratligi o ’rganiladi. Ularni bartaraf qilish imkoniyati mavjudligi o ’sha 
loyihaning yutug’i hisoblanadi.
Investitsiyalarda qaltis 
xavfi deganda turli omillar ta ’sirida 
investitsiya darom adlarining ko’zda tutilgan miqdordan kamayish xavfi 
tushuniladi.
Investitsiya jarayonlari bilan bog’liq qaltis xavfining asosiy turlari 
bo ’lib;
a) ish bilan bog’liq qaltis xavfi;
b) moliyaviy bozor tasodifi xavflari;
v) aholining xarid qobiliyati bilan bog’liq b o ’lgan moliyaviy xavf;
g) foiz xavfi va boshqalar hisoblanadi. Bu xavflam ing barchasi oxir- 
oqibat 
so f 
keltirilgan 
qiymat, 
investitsiyalar 
rentabelligi 
kabi 
ko’rsatkichlarni pasayishiga olib keladi.
O ’z ta ’sir kuchiga ko’ra qaltis xavflari oddiy va murakkab xavflarga 
bo ’linadi. Murakkab xavflar deganda bir-biriga bog’liq bo ’lgan xavflar 
tushuniladi. Qaltis 
xavfni aniqlashda ekspert baholash uslubidan keng 
foydalaniladi. Ekspertlar baholari qayta ishlanib, har bir xavf turi bo’yicha 
va umumiy xav f ko ’rsatkichi hisoblab topiladi. Odatda tayyorlov bosqichi, 
qurilish bosqichi, va o b ’ektning ishga tushurilgandan keyingi bosqichdagi 
xavflar bosqichm a-bosqich xavf turlariga qarab baholanadilar. Bularga
181


iqtisodiy va moliyaviy xavflar, sotsial xavflar, texnikaviy xavflar, ekologik 
xavflar kiradi. Har bir xavfning ahamiyatlilik darajasini ko’rsatuvchi 
koeffitsient va ekspertlar baholari loyihadagi umumiy qaltis 
xavfi 
darajasini hisoblab topish, hamda uni amalga oshirish yoki oshirmaslik 
to ’g’risida xulosa chiqarish imkonini beradi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin