Xalqaro huquq tushunchasi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi. Xalqaro ommaviy huquq-xalqaro munosabatlarda qatnashadigan va ishtirok etadigan davlatlar (sub`yektlar)ning yuridik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi.
18.
|
Mahalliy investorlar - bu mamlakat ichida joylashgan va o'z moliyaviy resurslarini qo'shma korxonalar yoki korporatsiyalar yaratish va rivojlantirishga sarflaydigan jismoniy shaxslar yoki tashkilotlar.
Chet ellik investorlar - bu mamlakatdan tashqarida joylashgan va o'z moliyaviy resurslarini qo'shma korxonalar yoki korporatsiyalar yaratish va rivojlantirishga sarflaydigan jismoniy shaxslar yoki tashkilotlar.
|
19.
|
Investitsion faoliyat va investitsiya siyosati bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Investitsion faoliyat deganda daromad olish maqsadida turli aktivlar yoki loyihalarga mablagʻlarni qoʻyish jarayoni tushuniladi. Bu ham jismoniy, ham yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Boshqa tomondan, investitsiya siyosati investitsiya uchun qanday turdagi aktivlar yoki loyihalar tanlanishini, shuningdek, qanday risklar qabul qilinishini va ularni qanday boshqarishni belgilovchi qoidalar, tamoyillar va strategiyalar to'plamini anglatadi. Investitsion siyosat investorlar, kompaniyalar yoki fondlar tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.
|
20.
|
Qo'shma korxonalar, birdan bir nechta ichki yoki tashqi investorlarning birlashmasi orqali tashkil etilgan korxonalar bo'lib, ularning asosiy maqsadi pul mablag'larini biriktirish va ulardan foydalanib, katta miqdorda kapitalni jalb qilishdir
|
21.
|
Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag‘larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo‘yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining mablag‘larini joylashtirish orqali namoyon bo‘ladi.
|
22.
|
Bevosita investitsiyalar, investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, ya‘ni investor investitsiyalash obyektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o‘zi aniqlaydi.
|
23.
|
Portfel investitsiyalar – bilvosita investitsiyalarni anlatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir.
|
24.
|
Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko‘paytirish maqsadida investor tasarrufida bo‘lgan korxona aktivlari. Mohiyat jihatdan «qimmatli qog‘ozlarga (aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar), ya‘ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi»
|
25.
|
Investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi.
Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi.
|
26.
|
Innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o‘zlashtirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi.
|
27.
|
Kontsessiya shartnomalari xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va boshqa xoʻjalik obʼyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi shartnoma yoki kelishuv
|
28.
|
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
|