Risklar tahlilida tashqi omillarga moddiy resurslarga bo'lgan narxning tebranishi, iqtisodiy o'sish va kelgusi mahsulotga bo'lgan talabning o'sishi, inflyatsiya, bank foiz stavkasining o'zgarishi,
texnologiyaning rivojlanishi, siyosiy holat, iqtisodiy siyosat,
shu jumladan, soliq siyosati, ekologik qonunchilik, tabiiy omillar va boshq. Ichki omillarga esa loyihalashtirilayotgan ob'ektning
qurilish grafigi, joriy va ekspluatatsion xarajatlar, ishlab chiqarish quvvatlarining o'zlashtirilishi kabilar kiradi.