Investitsiyalarning mohiyati va tasniflanishi


O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar dinamikasi va tarkibi



Yüklə 20,08 Kb.
səhifə2/4
tarix10.05.2023
ölçüsü20,08 Kb.
#110877
1   2   3   4
16-мавзу. Маъруза

O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar dinamikasi va tarkibi


Faol investitsiya siyosatini yuritish barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni diversifikatsiyalashning muhim omillaridan hisoblanadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyot tarkibida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, mavjud tabiiy-iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 1996 yildan boshlab o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib kelmoqda. Iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o‘sib borishida mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etadi.
2014 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 33715,3 mlrd. so‘m yoki AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda investitsiya hajmi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, uning o‘sish sur’atlari turli yillarda turlicha bo‘lgan. Xususan, 2000-2008 yillarda investitsiyalar o‘sish sur’atlarining oshib borishi kuzatiladi: agar 2000 yilda 1999 yilga nisbatan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2008 yilda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. Mazkur yilda investitsiyalarning qo‘shimcha o‘sish sur’ati 34,1 foizga yetgan. Biroq 2007 yilda AQSH ipotekali kreditlash tizimidan boshlangan va keyinchalik global tus olgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri natijasida investitsiyalar o‘sish sur’atlarining pasayishi kuzatiladi. Bu pasayish 2011 yilgacha davom etib, mazkur yilda investitsiyalarning qo‘shimcha o‘sish sur’ati 3,8 foizga teng bo‘ldi.
2012-2014 yillarda investitsiya faoliyatining jonlanishi kuzatiladi. Bu yillarda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish sur’ati 11,9 foizga teng bo‘ldi.
2014 yilda jami investitsiyalarning 20,1 foizi markazlashgan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, markazlashmagan investitsiyalarning ulushi 79,9 foizni tashkil etdi. Vaholanki, 2005 yilda markazlashgan investitsiyalarning jami investitsiyalardagi salmog‘i 23,9 foizni tashkil etar edi.
Ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish yo‘nalishidagi soliq- budjet siyosatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora- tadbirlar, to‘lov intizomining mustahkamlanishi, xususiylashtirish jarayonlarining kuchayishi korxonalar va aholining investitsiya faolligini oshishiga olib keldi. Buning natijasi o‘laroq 2000 yilda jami investitsiyalarning 12 foizi aholi mablag‘lari, 27,1 foizi korxona mablag‘lari hisobiga shakllangan bo‘lsa, 2014 yilda bu ko‘rsatkichlar muvofiq ravishda 21,8 va 30,8 foizni tashkil etdi.
2014 yilda korxonalar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan investitsiyalar hajmi 2013 yilga nisbatan 10,3 foizga o‘sib, 4 milliard 300 million dollarni tashkil etdi.
2014 yilda tijorat banklari kreditlari va boshqa kredit mablag‘larining jami investitsiyalardagi ulushi 11,4 foizni tashkil etdi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich 2000 yilda 7,2 foizga teng bo‘lgan. 2014 yilda ular tomonidan 1 milliard 700 million dollar yoki 2013 yilga nisbatan 20 foiz ko‘p investitsiyalar yo‘naltirildi.
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida garchi xorijiy investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi 2000 yilda 23,2 foizdan 2014 yilda 20,2 foizgacha pasaygan bo‘lsa-da, bevosita xorijiy investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi 3,4 foizdan 15,8 foizgacha o‘sdi, hukumat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlarning ulushi 19,8 foizdan 4,4 foizgacha pasaydi. Bu ham O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning yuqori samara berayotganligidan, ayni vaqtda xorijiy investorlarda O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo‘lgan ishonch ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning katta qismi sanoat tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Agar 2000 yilda jami investitsiyalarning 29,7 foizi sanoat tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib bu ko‘rsatkich 32,7 foizni tashkil etdi. Sanoat tarmoqlari orasida yoqilg‘i-energetika sanoati yetakchi o‘rinni egallaydi. Xususan, 2014 yilda jami investitsiyalarning 21,6 foizi, sanoat ishlab chiqarishiga sarflangan investitsiyalarning 66,0 foizi yoqilg‘i-energetika hissasiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar jami investitsiyalar hajmida yangi qurilishga sarflanayotgan investitsiyalar ulushining o‘sib borishi bilan tavsiflanadi. Agar 2000 yilda jami investitsiyalarning 42 foizini yangi qurilishga sarflangan investitsiyalar tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 59,8 foizga yetdi. Ayni vaqtda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish va kengaytirishga sarflanayotgan investitsiyalar ulushi bu davrda 57,5 foizdan 23,5 foizgacha pasaydi.

    1. Yüklə 20,08 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin