Investitsiyaviy sikl – loyihani amalga oshirishning boshlanishi va uning tugatilishi
oralig’idagi davr. Investitsiyaviy siklining bosqichlari: investitsiya oldi, investitsiya va ishlab
chiqarish (ekspluatatsiya) bosqichlari. Investitsiyaviy sikl har bir bosqichining mazmun-mohiyati,
maqsadi va vazifalari. Loyiha bosqichining investitsiya oldi sxemasi. Loyihaning investitsiya
bosqichi sxemasi. Loyiha-smeta hujjatlari va uning tarkibi. Loyihani dastlabki baholash qiymatini
aniqlash. Loyiha texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqishda loyihani boshlang’ich yoki omilli
baholash. Moliyalashtirish rejasini tayyorlash uchun ehtimoliy baholash, tanlov savdolariga
tayyorgarlik ko’rish va ularni amalga oshirish uchun yakuniy baholash (shartnomalarni imzolash
bosqichida).
Loyihani amalga oshirish va uni tugatish oralig’idagi davr investitsiya jarayoni deb ataladi.
Investitsiya jarayonini 4 ta bosqichga (fazaga) bo’lish mumkin va ularning har birining o’z maqsad
va vazifalari bor:
1.
Investitsiyalashdan oldingi faza. Investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki izlanishlardan,
to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan davr.
2.
Investitsiyalash fazasi. Loyihalashtirish pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib
borish uchun shartnomalar imzolash va qurilish montaj ishlarini olib borish.
3.
Ishlab chiqarish fazasi. Korxona xo’jalik faoliyatining yuritilishi.
Investitsiyalashdan oldingi va investitsiya bosqichi investitsion loyihalashtirishga, ishlab
chiqarish bosqichi esa maxsus tashkiliy tartib qoidalariga (ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, menejment va boshqalar) taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: |