Ip va gazlamalarni pardozlash to’G’risida umumiy ma’lumot reja: Yyengilsanoat haqida tushuncha



Yüklə 30,46 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü30,46 Kb.
#195173
  1   2
IP VA GAZLAMALARNI PARDOZLASH TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOT


IP VA GAZLAMALARNI PARDOZLASH TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOT

Reja:


1. Yyengilsanoat haqida tushuncha.
2. Pahtachilik tarihi va to’qimachilik mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarish.
3. Ip gazlamalar, ular to’g’risida umumiy ma’lumot.
4. Ip gazlamalarning klassik assortimenti.

To'quv stanoklarida olingan gazlamalar xom gazlama (ip gazlama, xom surp) deb ataladi. Xom gazlamalar pardoz qilinmagan holda deyarli ishlatilmaydi. Odatda, ularni pardozlab, oqartirilgan (masalan, ip gazlama), sidirg'a bo'yalgan yoki ularning yuzasiga (sirtiga) har xil gullar (shakllar) tushirilgan hamda yakunlovchi pardoz olgan tayyor gazlamalargholatida ishlab chiqariladi.


Xom gazlamalar (tolalar va iplar) sarg'ish, tiniq oq bo'lmagan tuslarda bo'ladi: bu tuslar ohorlash vaqtida va tolalar tarkibidagi tabiiy rangli moddalar ta'sirida yuzaga keladi. Xom gazlamalar yaxshi ho'llanmaydi (namlikni o'ziga olmaydi), qiyin bo'yaladi va ip sirtlari mayda tukchalar bilan qoplangan bo'ladi. Bunday gazlamalar to'g'ridan-to'g'ri bo'yalsa, ular yuzasidagi tukchalar to'qroq rangga bo'yalib, mato sirti notekis bo'yalib chiqadi. Shuning uchun gazlamalarni bo'yash va gul bosishdan oldin ulardagi qolgan ohor yelimi va gazlama toialari tarkibida bo'lgan ba'zi tabiiy qo'shimcha moddalardan tozalanadi. O'simlik tolalaridan tayyorlangan gazlamalar tarkibida tabiiy selluloza yo'ldoshlari (moy va mumsimon moddalar, pektin) va ohor yelimi; jun tolalaridan tayyorlangan gazlamalarda moysimon moddalar, o'simliklar qoldig'i, yog'lar va ayrim assortimentlarida ohor yelimi, tabiiy ipak tolasidan tayyorlangan gazlamalarda seritsin, yog'simon va mumsimon moddalar, pishitish va to'qishda ularga shimdirilgan sovun va yog' emulsiyalari, kimyoviy tolalar hamda tabiiy va kimyoviy tolalardan to'qilgan gazlamalarda ohor yeUmi, yog'lovchi va antistatik moddalar, shuningdek, mexanik ilakishgan turli chang zarrachalari, iflosliklar, surkash moylari bo'ladi. Mana shunday qo'shimcha moddalardan tozalash uchun ip gazlamalar ohorini yuvish, qaynatish va oqartirish jarayonlaridan, pishiq va ipak gazlamaga o'xshash gazlamalar olishda esa ular merserlash jarayonidan ham o'tadi. Bu jarayonlar gazlamani bo'yash va gul bosishga tayyorlash yoki gaz1amani tayyorlash deyiladi.
Gazlamani tayyorlashda tolali material sirti va g'ovaklari yuqorida aytilgan moddalar va iflosliklardan tozalanishi, tola xususiyatining bir xil bo'lishiga imkon bermaydigan ichki kuchlanishdan xoli bo'lishi hamda ularning fizik-mexanik va kimyoviy xossalari saqlanishi lozim. Mana shu vazifalar materiallarni tayyorlash uchun zarur bo'lgan shart-sharoit, kimyoviy materiallar va jihozlarni tanlashda hisobga olinadi.
Gazlamalarni bo'yash, shuningdek, gul bosishga tayyorlashda turli kimyoviy va bo'yovchi moddalar ishlatilib, ular tarkibiga kiruvchi va ko'p iste'mol qilinuvchi anion aktiv va kation aktiv sirt aktiv moddalar (SAM) ga alohida e'tibor beriladi.
Bo'yash-pardozlash korxonalarida ko'p jarayonlar suvli eritmalarda olib boriladi. Shu sababli, ishlatiladigan suvning sifatiga qat'iy talablar qo'yiladi. Bunda suvning rangi, tozaligi va qattiqligiga katta ahamiyat beriladi. Suvning qattiqligi talab qilingan me'yorda, uning vodorod ko'rsatkichi pH 7,0—8,5 oraliqda, temir ionlarining miqdori 1 litrda 0,1 mg dan ortiq boimasligi lozim. Pardozlash korxonalarida suv kimyoviy usul bilan yoki kationit va anionitlar qo'llash bilan yumshatiladi.
Silliq sirtli gazlamalar tayyorlash uchun ularning sirtidagi tuklar qirqiladi yoki kuydiriladi va kalandrning og'ir vallari orasidan o'tkazilib, silliqlanadi. Aksincha, agar tukli gazlamalar ishlab chiqarish lozim bo'lsa, tuk chiqaruvchi mashinalar yordamida tarab, tuk chiqariladi.
Gazlamalarning puxtaligi, zichligi va boshqa xossalarini (masalan, kirishmaslik, cho'zilmaslik, g'ijimlanmaslik, kir olmaslik, kam namlik yutishlik va boshq.) yaxshilash uchun maxsus kimyoviy eritmalar bilan ishlov beriladi (appretlanadi). Gazlamalar arqoq iplarining qiyshayib qolgan joylarini to'g'rilash va enini bir xil o'lchamga keltirish uchun en kengaytiravchi mashinalardan o'tkaziladi. Tayyor bo'lgan gazlamalar o'lchash — saralash bo'limiga yuboriladi, bu yerda ular tekshirilib, navlarga ajratiladi, gazlamalarga fabrikaning tamg'asi bosiladi, so'ngra taxlanib va toylanib, omborxona yoki iste'molchilarga yuboriladi.
Shunday qilib, gazlamalarga pardoz berishda juda ko'p xilma-xil jarayonlardan foydalaniladi va bu jarayonlarni amalga oshirish uchun turli-tuman jihozlar ishlatiladi. Ishlab chiqariladigan gazlamalarning turi va qanday maqsadda ishlatilishiga qarab, ularga har xil pardoz beriladi. Masalan, ip gazlamalarni pardozlash, bo'yash, gul bosish va appretlashda (yakunlovchi pardozlashda):

Yüklə 30,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin