Iptidoiy davr san’ati Reja


Temir asri (miloddan avvalgi 1 ming yilli)



Yüklə 100,43 Kb.
səhifə5/7
tarix05.10.2023
ölçüsü100,43 Kb.
#152398
1   2   3   4   5   6   7
Iptidoiy davr san\'ati

5. Temir asri (miloddan avvalgi 1 ming yilli)
Inson tafakkurini rivojlanishi va u bilan bogMiq madaniy rivoj miloddan awalgi 2 ming yillik boshi - 1 ming yillik oxirlarida O'zbekiston hududida yirik ijtimoiy-madaniy birlashmalarni yuzaga keltira boshladi. Temir asriga kelib ijtimoiy hayotning murakkablashuvi, oqsoqol va harbiy rahb arlar orasidagi munosabatlar mustahkam davlat tuzilmalarini kuchayishiga olib keldi. 0 ‘zining aniq mafkura va ko'rsatmasiga tayangan mustaqil davlatlar shakllandi. Ma’lumotlarga ko‘ra miloddan avvalgi VIII - VI asrgacha bo'lgan davrda Markaziy Osiyo yerlarida bir qator quldorlik davlat birlashmalari mavjud bo'lgan. Ular mustaqil tarzda xo'jalik yuritib o'z qudratlarini oshirib borganlar. Shulardan biri So'g'd bo'lgan. Poytaxti Maroqand (Samarqandning qadimiy nomi)da joylashgan bu davlat birlashmasi Zarafshon, Qashqadaryo vohalarini o'z ichiga olgan. Bu vohada qadim paytlarda o'troq va ko'chmanchi qabilalar yashab kelgan. Shu yerlarda miloddan awalgi 1 ming yillik oxirlarida dastlabki shahar madaniyati shakllana borgan. So'g'dning qulay o'rni Buyuk Ipak yo'li ustidan o'tganligi ham uning madaniy hayotining jonli bo'lishini ta’minlagan. Sharq va G'arb o'rtasida joylashgan bu davlat miloddan avvalgi VII asrlardayoq Old Osiyo va O'rta dengiz havzasidagi davlatlar bilan, jumladan, Yunon-Rim davlatlari bilan yaqin aloqada bo'lgan. So'g'dda san’at, madaniyat yuqori bo'lgan, haykaltaroshlikda shu davrlarda yaratilgan ayrim namunalar bizgacha yetib kelgan va ularda ko'proq ayollar haykali uchraydi.
Xorazm yerlarida dastlab yuzaga kelgan «Katta Xorazm» davlatlar birlashmasi poytaxti Yakkaparson boMgan deb taxmin qilinadi. U o'zida davrning tengsizlik va milliy tabaqalanish davrini namoyon qiladi. Sariqamish bo'yida joylashgan mil. av. VI—V asrlarda harbiy istehkom tarzida barpo etilgan Ko'zaliqir shahristoni shu davlatning yirik shaharlaridan boMgan. Bu yerdan naqshinkor idishlar, oltindan yasalgan shoxdor taka kabi topilmalar ochilgan. Qadimgi Xorazmning chekka joylaridan topilgan sopol quti va hajmli shakllar e’tiborga loyiq. Ostadon, ossuariy deb nomlangan bu quti va shakllar ichida marhumning suyaklari saqlangan. Davrga oid mayda sopol haykallar ham m a’naviy-diniy qarashlarni o'zida aks ettiradi. Bunday haykallar hosildorlik.xudosi Anaxitaga bag'ishlangan deb taxmin qilinadi.
Miloddan aw algi VI asrdan boshlab Sirdaryo kengliklarida ko'chmanchi xalqlarning Qan davlati tarkib topa borgan. Mil. av. II Sopollitepa sopotlari tiplari asr ikkinchi yarmi — miloddan awalgi I asrlarda Qang‘ davlati 0‘zining gullagan davrini boshdan kechirdi. Shu davrda uning yerlari yanada kengayib chegaralari Xorazmgacha yetib borgan. Shu davrda yangi qal’alar qurilgan. Shaharlar atrofi qalin devor bilan mustahkamlangan. Hukmdorlar o‘z pullarini chiqarganlar, pul-tovar munosabatlari murakkablashgan. Shu davrga mansub deb hisoblangan plastinadagi jang voqealarini aks ettiruvchi tasvir e’tiborli.
Unda qurollangan jangchilar o‘zaro jang qilayotgan vaqtlari tasvirlangan. E’tibor berilsa, jangda qatnashayotganlarning kiyimlari bir xil, qurollari ham. Voqeaning bunday tasvirlanishini olimlar ichki nizo sifatida ta’riflashadi. Haqiqatan ham jangchilar orasidagi kelishmovchilik shunday urushga sabab boMgan bo'lishi mumkin. Biz uchun esa muhimi tasvirning plastina yuzasiga ishlanishi va uning yuksak darajada bajarilganligidir.
O'zbekistonning janubiy tomonlarida shakllangan Baqtriya davlati shaharlari va odami bilan mashhur boMgan. Uning poytaxti Baqtra mustahkam devor bilan o'ralgan qo'rg'onni (akropolni) tashkil etgan. Baqtriyaning Qiziltepa (Sho'rchi, Surxondaryo vil.) shaharchasi e. a. VII—VI asrlarda shakllangan edi. Shahar to'rtburchak shaklida bo'lib, qalin devor, uning atrofi esa zovur bilan o'rab chiqilgan. Devorlari shinakli, yarim dumaloq minoralar esa muhim o'rin egallab, odamlar yashaydigan boshqa manzillardan ajralib turgan. Shunday shaharlar Baqtriyaning boshqa yerlari uchun xarakterli boMgan. Turarjoy va yashash qo'rg'onlari ko'p hollarda kvadrat yoki to'rtburchak shaklida bo'lib, bu qo'rg'onlar ichki hovli, ayvonlarga ega, yog'och ustunlar qurilishda keng ishlatilgan. Qiziltepa yaqinidan Qizilcha qo'rg'oni shunday qadimiy yodgorlik namunasi hisoblanadi.
Jarqo'ton me’morligi, ayniqsa, uning ibodatxonasi alohida o'rin egallaydi. Bu ibodatxona hashamatli bo‘lib, uning mehrobida muqaddas olov yonib turgan. Qal’ada kommunikatsiya ishlari yo‘lga qo'yilgan. Qal'a ichida 7m. chuqurlikdagi quduq bo'lgan. Yuqorida ko'rib o'tilgan madaniy markazlar san’atini bir biriga taqqoslaydigan bo'lsak, bir tom ondan, O'rta Osiyoning janubiy tomonlarida o'troq dehqonchilik bilan shug'ullanadigan qadimgi Sharq shahar sivilizatsiyasi tipidagi jamoa va shimolda ovchilik va baliqchilik bilan shug'ullangan, keyinroq chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullana boshlagan jamoalar mavjud edi. Shu ikki madaniyat, uning san’at uslublari keyingi uzoq davom etgan davr xarakteriga ta’sirini o'tkazib bordi va rivojlandi. 

Yüklə 100,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin