mumkin: detallar, bo‘g‘inlar va butun mahsulotlar ishlab chiqish me’yorlari;
baholash me’yorlari (baholash, tarif, baho); mahsulot ta’minotchilari va
iste’molchilari bo‘yicha ma’lumotlar.
Statistik-hisobot axborotlari yuqori boshqaruv tizimlari, davlat
statistik organlari, soliq inspeksiyasi va shu kabilar
uchun tashkilotning
haqiqiy faoliyati natijalarini aks ettiradi. Masalan, tashkilot faoliyati haqida yillik
buxgalteriya hisoboti.
Iqtisodiy axborotlar boshqarish darajasiga (paydo bo‘lish joyiga) ko‘ra
quyidagilarga bo‘linadi: kelayotgan va chiqayotgan axborotlar.
Kelayotgan axborotlar — bu tashkilotga (tuzilma bo‘limlariga) tashqaridan
kelayotgan iqtisodiy va boshqaruv funksiyalari hamda masalalari uchun dastlabki
oqimda ishlatiladigan axborotlardir.
Chiqayotgan axborotlar — bu bir boshqaruv tizimidan boshqasiga uzatilayotgan
axborotlardir.
Bir axborot ayni vaqtning o‘zida undan foydalanuvchilar
uchun kelayotgan
axborot, uni ishlab chiqarganlar uchun esa chiqayotgan axborot bo‘ladi. Bunda
axborotlar quyidagi shakllarda tasvirlanadi: alfavit-raqamli (matnli) — alfavitlar,
raqamlar va maxsus belgilardan iborat va grafikli — grafiklar, sxemalar, rasmlar.
Axborotlarni fizik tashuvchilari — qog‘oz, magnit disklari, ekrandagi tasvirlar.
Axborot tizimlari obyekt to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, uzatish va qayta ishlash,
turli darajadagi xodimlarga o‘z funksiyalarini amalga
oshirish va boshqarishni
ta’minlovchi kommunikatsion tizimdan iborat.
Axborot tizimlari ma’lum bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimi
boshqaruv darajalari, harakat sohalari, shuningdek,
tashqi holatlardagi farqni
e’tiborga oladi va har bir boshqaruv darajasiga samarali boshqaruv funksiyasini
bajarishga kerakli bo‘lgan, faqat unga tegishli axborotni beradi.
Avtomatlashtirish
darajasiga
ko‘ra
qo‘l
mehnatiga
asoslangan,
avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi. Qo‘l
mehnatiga asoslangan axborot tizimlari shu bilan xarakterlanadiki, unda
axborotlarni qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — boshqaruv funksiyalarining bir qismi
(tizimcha) yoki ma’lumotlarni qayta ishlash avtomat ravishda, boshqa qismi inson
tomonidan bajariladi.
Avtomatlashgan axborot tizimlari — ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha
boshqaruv funksiyalari texnik vositalar bilan amalga oshiriladi (masalan, texnologik
jarayonlarni avtomat boshqarish).
Axborot tizimlari sohasiga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi:
— ilmiy tadqiqot;
— avtomatlashtirilgan loyihalashtirish;
— tashkiliy boshqaruv;
— texnologik jarayonlarni boshqarish.
Ilmiy tadqiqot axborot tizimi ilmiy xodimlar
faoliyatini avtomatlashtirish,
statistik axborotlarni tahlil qilish, tajribalarni boshqarishga mo‘ljallangan.
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish axborot tizimi muhandis-loyihalovchilar va
yangi
texnikalarni
(texnologiyalarni)
ishlab
chiquvchilar
mehnatini
avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Bunday axborot tizimlari quyidagilarni amalga
oshirishga yordam beradi:
— yangi mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini
yaratish;
— turli muhandislik hisoblari (mahsulotning texnik parametrlarini
aniqlash, chiqim me’yorlari — mehnat, materiallar va shu kabilar);
— grafik hujjatlarni tayyorlash (chizmalar, sxemalar, rejalar);
Tashkiliy boshqaruv axborot tizimi ma’muriy xodimlar (boshqaruv)
funksiyasini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday axborot tizimiga sanoat
(korxonalar), nosanoat (banklar, birjalar, sug‘urta kompaniyalari,
mehmonxonalar
va shu kabilar) hamda alohida ofis (ofis tizimlari) kabi obyektlarni boshqarish
taalluqlidir.Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi turli texnologik
jarayonlarni (egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari,
metallurgiya, energetika va
shu kabilar) avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.