Menejment — biror ko‘zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari,
vositalari va boshqarish tamoyillarini o‘rganadigan fan.
Menejer — maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki
boshqaruvchi.
Agarda firma savdo-sotiqdan tashqari ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullansa,
uning tashkiliy tizimi yanada murakkabroq bo‘ladi.
BOSHQARUV USLUBLARI Avtokratik , ya’ni yakka hokimlik uslubi. Bunda rahbar o‘zgalar fikrini so‘rab
o‘tirmaydi, balki buyruq berib uning bajarilishini nazorat qiladi. Bunday uslubda
firmaning jamoasi markazlashgan bo‘ladi, xodimlar orasida esa aloqalar deyarli
bo‘lmaydi.
Byurokratik (qog‘ozbozlik) uslubi. Bu uslub ham yuqoridagi uslubning bir
ko‘rinishi bo‘lib, firma faoliyati Э"tepadan tushirilgan" buyruqlar, yo‘l-yo‘riqlar va
rasmiy qog‘ozlar asosida boshqariladi. Bunday korxonada tashabbuskorlikka emas,
qog‘oz hujjatlarga ko‘proq e’tibor beriladi.
Demokratik uslub. Bunda jamoaning barcha a’zolari qaror qabul qilish
jarayonida ishtirok etadi. Jamoa har bir a’zosining fikri inobatga olinib, ular
umumiy ishga qandaydir hissa qo‘shayotganligidan qoniqadi. Bunday jamoalarda,
odatda, odamlar o‘z ishlariga sadoqatli bo‘ladi. Rahbarning asosiy vazifasi jamoa
a’zolarini tashabbuskorlikka yo‘naltirishdan iborat bo‘lib qoladi.
8.1- chizma
Do‘kon egasi
Yollangan xodim
Bo‘lim
boshlig‘i
(menejer)
Bo‘lim
boshlig‘i
(menejer)
Super-
market
bosh
menejeri
Yollangan xodim
Yollangan xodim
Yollangan xodim
Yollangan xodim
8.2- chizma
1. Menejment deganda nimani tushunasiz?
2. Menejerlar qanday kasb egalari? Ularning faoliyati haqida gapirib bering.
3. Sizga maktabda “Navro‘z” bayramini o‘tkazish topshirildi. Siz ishni nimadan
boshlab, nima bilan tugatgan bo‘lar edingiz?
4. Boshqarishning asosiy qoidalaridan biri “maqsad — harakat yo‘nalishini
aniqlaydi” degan qoidani qanday tushunasiz? Boshqaruvda nega maqsadlar
shu darajada zarur?
5. Maktab boshqaruvining tuzilmasini chizing va sharhlang.
6. Har bir boshqaruv uslublarining afzallik va kamchilik tomonlarini ayting.
7. Harbiy qismni boshqarish uchun qaysi usulni tanlagan bo‘lar edingiz? Nega?