49 49 48 5. Aksiyadorlar jamiyatining yalpi daromadi 5 million so‘mni, umumiy xarajati 3 million so‘mni, soliqlar miqdori 1 million so‘mni va dividendlar 500 ming so‘mni tashkil qildi. Uning sof foydasi necha so‘m? A) 4 million; B) 2 million;
D) 3 million; E) 1 million.
6. Firma yil davomida 5000000 so‘m xarajat qilib, 1250000 so‘m sof foyda oldi. Firma yillik faoliyatining samaradorligini toping. A) 125 %; B) 50 %;
D) 25 %; E) 150 %.
7. Aksiyadorlar jamiyatining yillik foydasi miqdorining ortishi, qaysi aksiya qiymatining oshishiga olib kelishi mumkin? A) Oddiy aksiyaning;
B) Imtiyozli aksiyaning;
D) Ham oddiy, ham imtiyozli
aksiyaning;
E) Hech qaysi qimmatli qog‘ozning.
8. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri mas’uliyati cheklangan firmaga taalluqli emas? A) Nizom jamg‘armasiga katta
mablag‘ni jalb etish imkonining
borligi;
B) Ta’sischilarning qisman mulkiy
javobgarligi;
D) Ta’sischilar firma boshqaruvida
qatnashishining shart emasligi;
E) Ta’sischilarning to‘la mulkiy
javobgarligi.
9. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri tadbirkorlikka xos? A) Tavakkalchilik;
B) Erkin iqtisodiy faoliyat;
D) Foyda olishga intilish;
E) Yuqoridagilarning barchasi.
10. Firma 1- yil 1,5 mln so‘m, 2- yil esa 2 mln so‘m foyda qildi. Narxlar 2- yilda 1- yilga nisbatan 1,25 marta oshgan bo‘lsa, firmaning 2- yilda 1- yilga nisbatan real foydasi qanchaga o‘zgargan? A) 100000 so‘mga kamaygan;
B) 500000 so‘mga kamaygan;
D) O‘zgarmagan;
E) 100000 so‘mga oshgan.