TADBIRKORLIKNING IQTISODIYOTDAGI ROLI Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan faoliyatdir. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida odamlarning tadbirkorlik layoqati – tabiiy, kapital va mehnat omillari
bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanadi. Chunki, ishlab
chiqarishning xuddi shu omili, qolgan uch omilni birlashtirish imkonini beradi.
Tadbirkorlik jamiyat uchun kerak, chunki bu faoliyat natijasida yangi, qo‘shimcha
ish joylari yaratiladi. Tadbirkorlik nafaqat iste’molchilar uchun, balki davlat uchun
ham zarur va foydali faoliyatdir. Davlat tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berishi
bilan aholini ishga joylash, keng iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash
vazifasini, ma’lum ma’noda, o‘zidan soqit qiladi. Shu bilan birga, tadbirkorlardan
olinadigan soliqlar hisobiga davlat xazinasi boyiydi. Shu bois, davlat tadbirkorlikni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
TADBIRKORLIK 1- MAVZU Sohibqiron Amir Temurning “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi
qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan
yaxshidir” degan o‘gitini sharhlang.
Qadriyatlar TADBIRKORLIK NIMADAN BOSHLANADI? Tadbirkorlik biznes g‘oyadan boshlanadi. Biznes g‘oyaning qanchalik to‘g‘ri
tanlangani — biznes muvaffaqiyatining eng asosiy va boshlang‘ich omillaridan biri
hisoblanadi. Lekin biznes g‘oyaning o‘zi muvaffaqiyatli biznes uchun yetarli emas.
Uning uchun aniq hisob-kitoblarga asoslangan reja tuzish kerak bo‘ladi. Biznes reja — biznes g‘oyani amalga oshirish maqsadida bajarish zarur bo‘lgan, o‘zaro
muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlar dasturidan iborat hujjat. Aytaylik, xayolingizga
juda zo‘r biznes g‘oya kelib qoldi. Uni amalga oshirish uchun sizga mablag‘ kerak.
Mablag‘ni bankdan yoki tanishlaringizni sherik qilib topishingiz mumkin. Ular
mablag‘larini “quruq” so‘zga berishmaydi. Siz o‘z g‘oyangizni qog‘ozga tushirib,
hisob-kitob qilib, haqiqatan foydali ekanligini isbotlashingiz kerak bo‘ladi. Bir so‘z
bilan aytganda, biznes reja tuzishingiz, uning muvaffaqiyatli bo‘lishiga, avvalo,
o‘zingiz ishonch hosil qilishingiz va sheriklaringizni ham ishontirishingiz lozim.
Biznes reja, birinchi navbatda, tadbirkorning o‘zi uchun muhim.
Odatda, biznes reja:
– korxonaning qisqacha tavsifi;
– ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatning tavsifi;
– ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari;
– ishlab chiqarish xarajatlari, tushum, rejalashtirilgan foyda va uning taqsimoti;
– ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmat bozorining tahlili;
– yakuniy xulosalar kabi ma’lumotlardan tashkil topadi.
1. Rasmlardagi odamlar tadbirkorlikning qanday turlari bilan shug‘ullanadilar?
Ularning qanday umumiy va o‘ziga xos fazilatlari bor deb o‘ylaysiz?
2. Siz tadbirkor kishilardan kimlarni bilasiz? Ular qanday faoliyat bilan
shug‘ullanadilar? Ular qanday kishilar?