73
73
72
laridan qat’iy belgilangan soliq to‘laydilar. Ya’ni bu fuqarolar tadbirkorlik faoli-
yatidan qancha daromad olishlaridan qat’iy nazar, ulardan belgilangan miqdorda
daromad solig‘i undiriladi.
Daromad solig‘i to‘lovchilari, daromad solig‘i stavkalari va uni hisoblash bilan
bog‘liq tartib va qoidalar Soliq kodeksida o‘z aksini topgan. Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2013- yil 25- de-
kabrdagi PP-2099 son qaroriga ko‘ra, belgilanadigan eng kam ish haqi miqdoriga
bog‘liq holda hisoblanadi. Respublikamiz fuqarolari 2014-
yil yanvar oyidan
boshlab quyidagi tartibda daromad solig‘ini to‘lay boshladilar:
Soliq solinadigan daromad miqdori
Soliq miqdori
Eng kam oylik ish haqining 5 bara-
varigacha bo‘lsa
A
= daromadning 7,5 foizi
Eng kam oylik ish haqining 5 baravari-
dan 10 baravarigacha bo‘lsa
B
=
A
+ daromadning eng kam oylik
ish haqining 6 baravaridan oshgan qis-
mining 16 foizi
Eng kam oylik ish haqining 10 bara-
varidan ko‘p bo‘lsa
C
=
B
+ daromadning eng kam oylik
ish haqining 10
baravaridan oshgan
qisimining 22 foizi
Bu yerda, eng kam oylik ish haqi hukumat tomonidan belgilanadigan miqdor
bo‘lib, masalan, u 2014- yil boshida 96105 so‘mni tashkil qilgan.
Ko‘rib turganingizdek, daromad oshib borgan sari soliq stavkasi ham oshib
boryapti. Bu adolatli mezon bo‘lib, unga ko‘ra kam daromadli fuqarolar nisbatan
kamroq, katta daromadli fuqarolar esa ko‘proq soliq to‘lashlari lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: