63
63
62
1. Bankning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan?
2. Bankka pul qayerdan tushadi?
3. Bankning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rnini tushuntirib bering.
4. Markaziy va tijorat banklarining farqi nimada?
5. Markaziy bankning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini tushuntirib bering.
6. Tijorat banklarining vazifalarini ayting.
7.
Aytaylik, “Sardor Fayz” firmasi bankdan yillik foiz stavkasi 32% bo‘lgan 5000000
so‘m miqdorda kredit oldi. Bu firma 1 yildan so‘ng bankka qancha miqdorda mablag‘
qaytaradi?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Kredit
— bank tomonidan mijozlariga berilgan qarz.
Kredit foizi
– berilgan qarzdan foydalanganlik
uchun kredit oluvchi
tomonidan bankka to‘lanadigan haq.
Kreditning yillik foiz stavkasi
– yil davomida qarzdan foydalanganlik uchun
to‘lanadigan qo‘shimcha haqning asosiy qarz miqdoriga nisbatan foiz miqdori.
•
Banklarning eng asosiy vazifasi omonatlarni saqlash va qarz berish bo‘lib,
bu mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi.
•
Mamlakatimizda ikki pog‘onali bank tizimi joriy qilingan bo‘lib, Markaziy bank
tijorat banklariga, tijorat banklari esa korxona, firma va aholiga tegishli xizmatlarni
ko‘rsatadi.
Buni yodda tuting!
Yil boshida Aliyev 400000 so‘m pulni 17% yillik foiz stavkasi bilan, Valiyev
esa 600000 so‘m pulni 16% yillik foiz stavkasi bilan bankka qo‘ydi.
“
Samo
”
firmasi 1000000 so‘m pulni 18% yillik foiz stavkasi bilan bankdan oldi.
1. Aliyev bank bilan hamkorlik qilganidan yiliga qancha daromad ko‘rdi?
Valiyevchi?
2. “Samo” firmasining bu pulni ishlab chiqarishga
ishlatishi natijasida bir
yillik daromadi kamida qanchani tashkil qilishi kerak? Firma bankka qancha
pul qaytardi?
3.
Bank yuqorida keltirilgan
“
ish
”
dan yiliga qancha daromad qildi?
4. Mazkur bank operatsiyasidan kim ko‘proq manfaat ko‘rdi?
Dostları ilə paylaş: