Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


 Tabiiy resurslarning davlatlar o‘rtasida notekis taqsimlanganligi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

1. Tabiiy resurslarning davlatlar o‘rtasida notekis taqsimlanganligi.
Masalan, bir 
davlatda neft konlari bor, ikkinchisida esa yo‘q. Ikkinchi davlatda temir konlari 
ko‘p, birinchisida esa yo‘q. Tabiiy resurslarning bunday notekis taqsimlanishi bu 
davlatlarni bir-biri bilan savdo-sotiq qilishga undab turadi.
Aytaylik, 1- mamlakatda bir litr meva sharbati ishlab chiqarish 2000 shartli pul 
birligiga, 2- mamlakatda esa 2000 shartli pul birligiga tushadi. 1- mamlakatda 
bitta fotoapparat ishlab chiqarish 16000 shartli pul birligiga, 2-mamlakatda esa 
20000 shartli pul birligiga tushadi (1- jadval).
1. 1- mamlakat va 2- mamlakatda bitta fotoapparat va 1 litr meva sharbati ishlab 
chiqarishning muqobil qiymatini aniqlang va 2- va 3- jadvallarni to‘ldiring.
2. Muqobil qiymatlar haqidagi bu jadvallar asosida har bir davlat qaysi mahsulot 
turini ishlab chiqarishi maqsadga muvofiqligini aniqlang.
3. Bunday ixtisoslashuvdan har qaysi davlat qanday manfaat ko‘radi? 
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
26- MAVZU
XALQARO SAVDO
2. Ishlab chiqarishning biror sohasidagi mutlaq ustunlik.
Masalan, Rossiyada 
o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, yog‘ochsozlik sanoati taraqqiy etgan. O‘zbekistonning tabiiy 
iqlim sharoiti paxta yetishtirishga juda qulay bo‘lib, respublikamizda paxtachilik juda 
rivojlangan. Paxtani Rossiyaning iqlimi issiqroq bo‘lgan janubiy hududlaridagina 
yetishtirish mumkin. Lekin hosildorlik juda kam bo‘ladi. O‘zbekistonda esa yangi 
o‘rmonlarni tashkil qilish juda qimmatga tushadi. Demak, O‘zbekiston paxta 
yetishtirishda, Rossiya yog‘ochsozlikda mutlaq ustunlikka ega. Shuning uchun 
Rossiya iqtisodiyoti yog‘ochsozlikka, O‘zbekiston iqtisodiyoti esa paxtachilikka 
ixtisoslashadi. Ya’ni har bir davlat nisbatan arzonga tushadigan mahsulot turini 
ishlab chiqaradi va bir-biri bilan ularni ayirboshlaydi. Bunday ixtisoslashuvdan har 
ikkala davlat ham manfaat ko‘radi va shu bois, o‘zaro savdo-sotiq qiladi. Mutlaq 
ustunlik tamoyili asosida davlatlarning ixtisoslashuvi yer yuzidagi bor resurslardan 
tejamli va samarali foydalanishga olib keladi. Demak, davlatlar o‘zaro savdo-
sotiqda mutlaq ustunlik tamoyiliga rioya qilishi lozim ekan. Unga ko‘ra, har bir 
davlat qaysi tovarni boshqa davlatlarga qaraganda kamroq resurslar sarflab ishlab 
chiqara olsa, o‘sha tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi lozim. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin