Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


— aksiyalari istalgan shaxsga  sotiladigan jamiyat. Yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

 
aksiyalari istalgan shaxsga 
sotiladigan jamiyat.
Yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati
 
— aksiyalari faqat oldindan belgilab 
qo‘yilgan shaxslar guruhiga sotiladigan jamiyat.
Aksiyaning nominal qiymati
 —
aksiya ustiga yozib qo‘yilgan baho.
Aksiya kursi
— aksiyaning bozordagi narxi.
Dividend
— aksiya egasining firma foydasidan oladigan ulushi.
3
2
1
5
4
6
2 – E. Sariqov, B. Haydarov


19
19
18
1. Aksiyadorlar jamiyatini tavsiflab bering.
2. Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyatlarining bir-biridan farqi nimada?
3. Oddiy va imtiyozli aksiyalarning afzallik hamda kamchilik tomonlarini ayting.
4. Aksiyadorlar jamiyatining mas’uliyati cheklangan sherikchilik firmasidan 
qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
5. Hududingizdagi qanday aksiyadorlar jamiyatlarini bilasiz?
6. Aksiyadorlar jamiyatining aksiyalarini davlat yoki chet el firmalari sotib olishi 
mumkinmi? 
7. Aksiyador jamiyatni boshqarishga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
8. Aksiyadorlar jamiyatining katta foyda ko‘rishidan kim ko‘proq manfaatdor: 
oddiy aksiya egasimi yoki imtiyozli aksiya egasimi?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Abdullayev aksiyadorlar jamiyatining 16 ta oddiy aksiyasi sohibi. Yil 
yakuniga ko‘ra, jamiyat 20000000 so‘m foyda ko‘rdi va uning hammasini divi-
dend sifatida taqsimlamoqchi. Agar jamiyatning jami 2000 dona oddiy aksiya 
sotgani ma’lum bo‘lsa, Abdullayev aksiyalaridan qancha dividend oladi?
Mashq
• 
Aksiyadorlar jamiyati — nizom jamg‘armasi aksiyalar sotishdan 
shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma bo‘lib, u ochiq yoki yopiq 
turda tashkil qilinadi. 
• 
Aksiyadorlik jamiyati aksiya egasi — aksiyadorga o‘z foydasidan dividend 
to‘laydi.
• 
Aksiyalar fond birjasida erkin sotilishi mumkin.
• 
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend jamiyat foyda ko‘rgan holdagina to‘lana- 
di.
• 
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha muayyan miqdordagi dividend kafolatlanadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin