Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

MOLIYAVIY MABLAG‘ MANBALARI
Firma faoliyati uchun pul mablag‘larini jalb etish biznesni moliyalashtirish deb 
ham ataladi. Firmaning ichki va tashqi moliyaviy mablag‘ manbalari bo‘ladi. Ichki 
moliyaviy mablag‘ manbalariga quyidagilar kiradi:
1.
 Firmaning sof foydasi.
Firma foydasining barcha soliq va to‘lovlar to‘langanidan 
so‘ng qolgan qismi firmaning sof foydasi deb ataladi. Firmaning sof foydasi, odatda, uning 


27
27
26
ta’sischilari o‘rtasida taqsimlanadi. Lekin firma ta’sischilari sof foydaning hammasini o‘zaro 
taqsimlamasdan, uning ma’lum qismini firmaning keyingi faoliyatini pul mablag‘lari bilan 
ta’minlashga sarflashi mumkin.
2. 
Amortizatsiya jamg‘armasi.
Bu jamg‘arma mablag‘lari faqat asosiy vositalar sotib 
olishga sarflanadi.
3. 
Nizom jamg‘armasi. 
U firma faoliyatining boshlang‘ich davrida ishlatiladi.
Firmaning ichki mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda, tashqi moliyaviy mablag‘larni 
topish kerak bo‘ladi. Tashqi manbalarga quyidagilar kiradi:
1. 
Firma egalarining firmaning ustav kapitalini ko‘paytirish uchun ajratgan 
qo‘shimcha mablag‘lari.
2. 
Bankdan yoki boshqa firmalardan olingan qarz mablag‘lari.
3. 
Firmaning qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotishdan tushgan pul tushumlari.
Tashqi moliyaviy manbalar ichki manbalardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni, 
albatta, qaytarish kerak bo‘ladi.
DOIMIY VA O‘ZGARUVCHAN XARAJATLAR 
Firmaning ma’lum davr ichida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflagan 
xarajatlari umumiy xarajatlar deb yuritiladi va TC — inglizcha “total costs” 
(umumiy xarajat) so‘zlarining bosh harflari bilan belgilanadi. O‘z navbatida
umumiy xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlardan tashkil topadi.
Ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga doimiy xarajatlar (inglizcha 
— fixed costs) deyiladi va FC harflari bilan belgilanadi. Doimiy xarajatlarga ijara 
haqi, qarz foizi, sug‘urta haqi, amortizatsiya ajratmasi, ma’muriy xarajatlar kabi 
xarajatlar kiradi. Bu turdagi xarajatlarni, mahsulot ko‘p yoki kam miqdorda ishlab 
chiqarilishidan qat’iy nazar, hatto mahsulot ishlab chiqarilmagan taqdirda ham firma 
qoplashi zarur bo‘ladi.
O‘zgaruvchan xarajatlarga (inglizcha — variable costs) mahsulot ishlab chiqarish 
hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi va VC harflari bilan belgilanadi. Bu 
turdagi xarajatlarga xomashyo, ish haqi, yoqilg‘i, energiya manbalari, turli xil 
materiallarni sotib olish xarajatlari kiradi. Qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarilsa, 
bu xarajatlar miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi 
umumiy xarajatlardan iborat bo‘ladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin