Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Nima sababdan hozirda ekologik muammolar огвфjuda dolzarb bo‘lib qoldi?
2. Iqtisodiyotning rivojlanishi hamma vaqt ham ekologik muammolarni keltirib 
chiqaradimi?
3. Havoning, suvning ifloslanishi, tuproq tarkibining o‘zgarishi bilan bog‘liq 
ekologik muammolarga ikkitadan misollar keltiring.
4. Avtomobillardan chiqayotgan gaz havoni ifloslantirishini bila turib, nega ulardan 
baribir foydalanib kelmoqdamiz?
5. Do‘konda biri tabiiy matodan tikilgan, lekin qimmat, ikkinchisi sun’iy matodan 
tikilgan, lekin arzon ko‘ylak sotilyapti. Siz qaysi ko‘ylakni sotib olgan bo‘lar 
edingiz? Nima sababdan?
6. Orol dengizining umuman qurib qolishi yana qanday ekologik muammolarga 
olib kelishi mumkin?
7. Atrof-muhitni himoya qilish bilan nega, asosan, davlat shug‘ullanadi?
8. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun davlat qanday vositalardan foydalanadi?
9. Atrof-muhitni muhofaza qilish ishida siz qaysi xatti-harakatlaringiz bilan hissa 
qo‘shishingiz mumkin?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
4. Orol muammosi misolida iqtisodiy rivojlanish va ekologiya masalalarining 
bir-biriga zid kelishini tushuntiring.
5. Orol muammosining oqibatlarini yengillashtirish uchun qanday tadbir-
larni amalga oshirish zarur deb o‘ylaysiz?
Buni yodda tuting!
• 
Barcha ekologik muammolar, asosan, inson iqtisodiy faoliyatining mahsuli 
hisoblanadi.
• 
Iqtisodiyot va ekologiya orasidagi ziddiyatni yumshatish va atrof-muhit 
muhofazasini, asosan, davlat o‘z zimmasiga olgan.
• 
Atrof-muhit muhofazasi har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lishi lozim.
1. Tumaningizda mavjud ekologik muammolarni aniq lab, ular haqida 
qisqacha referat yozing. Bu muammolarning kelib chiqish sabablarini toping va 
bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlarini taklif qiling. Bu muam molarni bartaraf qilishda 
siz va teng doshlaringiz qanday hissa qo‘shishingiz mumkinligini ayting.
2. “Orol muammosi va uni hal qilish yo‘llari” mavzusida ki chik loyiha tuzing 
va uni sinfda himoya qiling.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin