Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Qo‘shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

4. Qo‘shimcha tashqi ta’sirlarni tartibga solish.
Ma’lumki, har qanday tovar 
va xizmatlarning bevosita ishlab chiqaruvchisi va iste’molchisi bo‘ladi. Lekin 
shunday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonlari ham borki, ular nafaqat 
ishlab chiqaruvchi va iste’molchiga taalluqli bo‘ladi, balki bu jarayonga bevosita 
aloqasi bo‘lmagan uchinchi tomonga ham ta’sir qiladi. Masalan, zavod mo‘risidan 
chiqayotgan tutun, bu zavoddagi ishlab chiqarish jarayoniga hech qanday aloqasi 
bo‘lmagan, zavod atrofida yashayotgan aholi salomatligiga ta’sir qiladi. Bu holat 
iqtisodiyotda qo‘shimcha tashqi ta’sir deb yuritiladi. Bunday tashqi ta’sirlarni 
tartibga solish ham davlat zimmasiga yuklatiladi. Agar tashqi ta’sir salbiy bo‘lsa, 
uning oldini olish choralari ko‘riladi. Agar ijobiy bo‘lsa, bunday ishlab chiqarish 
qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, davlat atrof-muhitni ifloslantirib, tabiatga salbiy 
ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalarga jarima va soliqlar belgilaydi, ta’limni rivojlantirib, 
butun iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi muassasalarga esa moliyaviy imtiyozlar 
beradi.
5. Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash.
Davlat kam ta’minlangan oilalarni 
ijtimoiy himoya qilish, boy kishilardan daromadiga mos soliq undirish, talabalarga 
stipendiyalar berish orqali daromadlarni qayta taqsimlab turadi.
6. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish.
Davlat inflatsiyani nazorat qilish, ishsizlikning 
oldini olish, davlat budjeti va pul massasini nazorat qilish bilan iqtisodiyotni muvozanatda 
saqlab turadi.
Qo‘shimcha tashqi ta’sir
– 
tovarni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish 
jarayonida, ishlab chiqaruvchi va iste’molchidan tashqari, uchinchi tomonning 
ko‘radigan naf yoki zarari.
1. Mamlakat iqtisodiyoti oldida qanday ijtimoiy maqsadlar turadi? Ularni sharhlang.
2. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi vazifalari haqida nimalarni 
bilasiz? Nima sababdan davlat bu vazifalarni o‘z zimmasiga oladi?
3. Davlatning iqtisodiy vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyatiga misollar 
keltiring.
4. Ijobiy va salbiy qo‘shimcha tashqi ta’sirga misollar keltiring.
5. Ijtimoiy tovarlar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak? Javobingizni misollar 
yordamida asoslang.
6. Agar xususiy firma ijtimoiy tovar ishlab chiqarsa, u qanday qiyinchiliklarga 
duch kelishi mumkin?

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin