Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/152
tarix07.01.2024
ölçüsü1,18 Mb.
#210215
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

133
133
132
Aytaylik, tadbirkor Yevropa davlatlari bo‘ylab, xizmat safariga otlandi. 
Albatta, unga safar xarajatlari uchun xorijiy davlat valutasi — yevro kerak bo‘ladi. 
Tadbirkor O‘zbekiston so‘mini yevroga almashtirish uchun Milliy bankning valuta 
ayirboshlash shoxobchalaridan biriga bordi va devorga osig‘liq turgan, yuqorida 
tasvirlangan jadvalga ko‘zi tushdi.
1. Agar u uch million so‘mni: a) yevroga; b) AQSH dollariga; d) ingliz funt 
sterlingiga almashtirmoqchi bo‘lsa, unga qancha chet el valutasini berishadi?
2. Agar u safardan qaytib kelib, 200 yevroni so‘mga almashtirmoqchi bo‘lsa, unga 
bankda qancha so‘m berishadi?
VALUTA KURSI 
XORIJIY DAVLATLAR VALUTALARI KURSI
2014- yil 10- mart
Xorijiy valuta nomi
1 AQSH dollari 
2243 
2246
1 YEVRO 
 
3085 3115
1 ingliz funt sterlingi
3753 
3787
10 yapon iyenasi 
217
218
Sotib olish, so‘mda
Sotish, so‘mda
VALUTA BOZORI
Har bir davlat ichki bozorida savdo-sotiqni amalga oshirish uchun muomalaga 
o‘z pul birligi — milliy valutasini chiqaradi. Davlat hududida milliy valutada 
savdo-sotiq qilinadi. O‘zbekistonga Germaniyadan asbob-uskunalarni sotib olish 
uchun yevro kerak. Germaniyaga O‘zbekistondan paxta tolasi sotib olish uchun 
esa o‘zbek so‘mi kerak bo‘ladi. Demak, xalqaro bozorda savdo-sotiqni turli xil 
davlatlarning valutalarida olib borishga to‘g‘ri keladi. Natijada, bir davlat valutasini 
ikkinchi davlat valutasiga almashtirishga ehtiyoj tug‘iladi.
Bilasizmi?
Turli davlatlar pul birliklarining dunyo bo‘yicha tan olingan belgilari bor. 
Ulardan ba’zilarini keltiramiz:

— 
ingliz funt sterlingi;

— 
AQSH dollari;
€ 
— 
yevro;
¥ 
— 
yapon iyenasi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin