43
43
42
EKOLOGIYA
Ekologiya insoniyatning uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlari
haqidagi fandir. U tabiatdagi resurslardan tejab-tergab oqilona foydalanish, ularni
avaylab-asrash, qayta tiklash muammolarini o‘rganadi. Ma’lumki, insoniyatning
ehtiyojlari cheksiz bo‘lib, odamlar ularni qondirish jarayonida tabiiy resurslardan
foydalanadilar. Dastlab, odamlarni tabiatning o‘zi boqqan bo‘lsa, keyinchalik
ehtiyojlarning ko‘payishi natijasida odamlar tabiat in’omlarini sof holda iste’mol
qilish bilan kifoyalanmasdan, tabiiy resurslardan turli xil mahsulotlarni o‘zlari
ishlab chiqarishga o‘tdilar. Bu bilan tabiatdagi muvozanatga sezilarli ta’sir ko‘rsata
boshladilar. Shu tariqa ekologik muammolar paydo bo‘la boshladi.
EKOLOGIK MUAMMOLAR
Dastlabki paytlarda odamlarning bunday faoliyati natijasida tabiatdagi
muvozanatning buzilishi, unga yetkazilgan ziyonni qoplashga, o‘rnini qaytadan
tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
10- MAVZU
ISHLAB CHIQARISH VA EKOLOGIYA
1. Rasmda tasvirlangan ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining jamiyat va iqtisodi-
yotga ta’sirining ijobiy va salbiy tomonlarini alohida-alohida ustun qilib yozing.
2. Shuncha salbiy oqibatlari bo‘lsada, korxonaning faoliyat ko‘rsatayotganini
qanday izohlaysiz?
3. Bu oqibatlarning qay tarzda oldi olinishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: