83
83
82
18- MAVZU
AKSIZ VA
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
Yuqoridagi 2—4- rasmlarda mamlakatimizda, 5-7- rasmlarda esa chet elda
ishlab chiqarilgan va mamlakatimizga olib kirilayotgan tovarlar tasvirlangan. Ularni
umumlashtiradigan jihat — bu ularning barchasi aksiz solig‘i solinadigan tovarlardir.
1. Sizning fikringizcha, bu tovarlarga qo‘shimcha aksiz solig‘i solinishiga sabab
nimada? Savolga javob berishda ushbu tovarlarning bozordagi o‘rni va
iste’mol xususiyatiga e’tibor bering. Shuningdek, spirtli ichimliklar va tamaki
maxsulotlarining inson salomatligi va hayot tarziga salbiy ta’sirini unutmang.
2. 1- rasmda aksiz markasi tasvirlangan. Aksiz markalari qanday tovarlarga
yopishtirilishini bilasizmi? Aksiz markalarining tovarlarga yopishtirishning
sababi nimada deb o‘ylaysiz?
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i deb ataluvchi soliq tovarlarga nima sababdan solinishi
haqida fikr bildirishga harakat qiling. Bunda soliqning nomiga e‘tibor bering.
4. Aksiz markasi yo‘q tamaki mahsuloti haqida qanday xulosa chiqarish mumkin?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
2
3
4
6
7
5
1
Chet eldan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlar
AKSIZ SOLIG‘I
Aksiz solig‘i bilvosita soliq hisoblanib, ayrim mahsulotlardangina olinadi. Xiz-
matlardan esa aksiz solig‘i umuman olinmaydi. Aksiz solig‘ining to‘lovchilari aksiz
to‘lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilardir. Aksiz solig‘i
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari,
etil spirti, spirtli ichimliklar, oltin, kumushdan tayyorlangan buyumlar, neft, gaz
mahsulotlari (benzin, dizel, gaz) kabi mahsulotlarga solinadi.
Dostları ilə paylaş: