Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

99
99
98
Bilasizmi?
Dunyo xaritasiga yaxshilab e’tibor bersangiz, respublikamiz dengizga
chiqish imkoniyatlari jihatidan noqulay geografik makonda joylashgan. Dengizga
chiqishimiz uchun kamida ikkita davlat chegarasini kesib o‘tishimiz kerak. Bu
iqtisodiyotimiz oldida qanday qiyinchiliklarni tug‘diradi?
Hozirgi kunda respublika energetikasining umumiy quvvati 11 ming kilovattdan
ortiq bo‘lgan 27 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari yiliga 50,1 milliard
kilovatt-soat elektr quvvati ishlab chiqarish imkoniyatiga egadir.
Qishloq xo‘jaligi.
O‘zbekiston aholisining 60 % dan ortig‘i qishloqlarda istiqomat
qiladi. Shu sabab, iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bo‘lakcha.
Mamlakat YaIM ining 28 %i qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Paxtachilik qishloq
xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
55 %i dehqonchilikda, 45 %i chorvachilikda yaratiladi.
O‘zbekiston paxta tolasini ishlab chiqarish va uni eksport qilish bo‘yicha
dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biridir. Respublikada g‘alla mustaqilligiga asos
yaratilgan. Oxirgi paytlarda yiliga 7 million tonna atrofida g‘alla yetishtirilmoqda.
Respublika meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, pilla, qo rako‘l teri, jun yetishtirishda
MDH mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining Yetakchi tarmoqlarini aytib bering.
2. Mustaqillik yillarida bunyod etilgan ishlab chiqarish korxonalari haqida nimalar
bilasiz?
3. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanganlik darajasiga ko‘ra qanday
davlatlar qatoriga kiradi?
4. O‘zbekiston Respublikasi aholisining mehnat unumdorligini topish uchun
qanday kattaliklar kerak bo‘ladi?
5. Respublikamiz aholisining mehnat unumdorligi qaysi yillarda eng yuqori
bo‘lgan? Fikringizni dalillar bilan asoslang.
6. Respublikamiz iqtisodiyoti ko‘rsatkichlarini bitta rivojlangan davlat bilan va
bitta MDH mamlakati ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro taqqoslang.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin