Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLAR
Tashqi savdoni cheklash bo‘yicha davlatlar o‘rtasidagi “janglar”dan ravshanki,
har ikkala tomon ham yutqazadi. Shunday ekan, davlatlar jahon bozorini
hamjihatlikda, kelishgan holda boshqarib turishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu
maqsadda, 23 davlat tomonidan 1947- yili GATT — Savdo va tariflar to‘g‘risidagi
bosh kelishuv imzolandi. Bu kelishuvga qo‘shilgan davlatlar o‘zaro teng sharoitlarda
savdo qilishga, import kvotalarini bekor qilishga, bojlarni kamaytirishga kelishib
olishdi. Hozirda bu kelishuv 130 dan ortiq davlatlar tomonidan imzolangan.
Endilikda bu kelishuv a’zolari WTO — Butunjahon savdo tashkilotiga birlashishgan.
XX asrda xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi qator davlatlar iqtisodiyotining keskin
o‘sishiga olib keldi. Shu tufayli Yevropa davlatlari Yevropa Ittifoqini tuzishdi.
Hozirda Yevropa Ittifoqiga Fransiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya,
Luksemburg, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Daniya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya,
Tarif (bojxona boji)
— mamlakat chegarasini kesib o‘tayotganda olib
kirilayotgan tovar uchun to‘lash lozim bo‘lgan soliq to‘lovi.
Kvota
— mamlakatga chetdan keltirilayotgan yoki chetga olib chiqib
ketilayotgan tovar va xizmatlar hajmiga o‘rnatilgan yuqori chegara.
Tashqi savdo litsenziyasi
— tovar va xizmatlarni mamlakatga olib kirish
yoki undan olib chiqib ketish uchun beriladigan maxsus ruxsatnoma.
Proteksionizm
 — davlat tomonidan tashqi savdoni cheklashga qaratilgan
chora-tadbirlar.
Tashqi savdoni erkinlashtirish
— unga qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirish
yoki umuman olib tashlash.


131
131
130
Avstriya, Shvetsiya, Finlandiya kabi qator Yevropa davlatlari a’zo bo‘lib, ular
o‘rtasidagi barcha savdo to‘siqlari olib tashlangan. 2002- yil yanvaridan boshlab,
bu davlatlarda umumiy pul birligi — yevro muomalaga kiritildi. Janubiy-Sharqiy
Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ACEAN) ham iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
bo‘lib, unga Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand va Bruney
davlatlari kiradi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin