Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


AKSIYANING NOMINAL QIYMATI VA KURSI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

AKSIYANING NOMINAL QIYMATI VA KURSI
Aksiya — qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning ustiga bahosi — nominal qiymati yozib 
qo‘yilgan bo‘ladi. Aksiyani aksiyador boshqa kishiga sotishi yoki hadya qilishi 
mumkin. ЩOdatda, aksiyalar fond birjalarida sotiladi va sotib olinadi. Aksiyadan 
uning egasiga kelayotgan daromad — dividendning ko‘p yoki kamligiga qarab, 
aksiyaning fond birjasidagi bozor narxi  aksiyaning kursi o‘zgarib turadi. Masalan, 
aksiyaning nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgani holda, aksiya 1200 so‘mga yoki 
900 so‘mga sotilishi mumkin. Bunday hollarda, aksiyaning kursi oshganligi yoki 
tushganligi haqida gapiriladi. Aksiya kursining o‘zgarishi, uning bozor narxi 
nominal qiymatiga nisbatan foiz miqdori bilan aniqlanadi. Yuqoridagi misolda, 
birinchi holatda aksiya kursi 120% ni, ikkinchi holatda esa 90% ni tashkil qilganini 
ko‘rish mumkin.
1. 1- rasmda Toshkent fond birjasi tasvirlangan. U yerda nimalar bilan savdo 
qilinishini bilasizmi?
2. 2- rasmdagi fond indekslari haqida televideniye orqali berilgan ma’lumotlarni 
eslay olasizmi? Ularning qaysi birini bilasiz va u haqida nimalarni ayta olasiz?
3. 3- rasmda aksiyalar tasvirlangan. Ular qanday qog‘oz? Bilganlaringizni 
sinfdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
4. 4- rasmdagi bank, 5- rasmdagi korxona va 6- rasmdagi poyezd tegishli bo‘lgan 
yirik kompaniya tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va boshqarishda qanday 
qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin deb o‘ylaysiz?
Aksiyadorlar jamiyati
— nizom jamg‘armasi aksiyalarini sotish yo‘li bilan 
shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma.
Aksiya
— firma nizom jamg‘armasiga hissa qo‘shilganini tasdiqlovchi va 
egasiga firma foydasidan ma’lum daromad olish huquqini beruvchi hujjat — 
qimmatbaho qog‘oz.
Ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati
aksiyalari istalgan shaxsga 
sotiladigan jamiyat.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin