— davlat xarajatlari daromadidan ko‘p bo‘lgan holatdagi,
xarajatlar va daromadlar orasidagi farq.
Daromad — kishi (oila)ning ma’lum vaqt davomida ishlab topgan yoki
qo‘lga kiritgan barcha moddiy va pul tushumlari.
Davlat budjeti – davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan
asosiy moliyaviy hujjati.
Davlat mulki — davlat korxona va tashkilotlariga tegishli mol-mulk.
Davlat qarzi — yillar davomida yig‘ilib qolgan budjet kamomadining jami
miqdori.
Davlatning budjet-soliq (fiskal) siyosati — davlat budjetining daromad va
xarajat qismlarini o‘zgartirish yordamida iqtisodiyotni tartibga solish.
Davlatning pul-kredit siyosati — mamlakatda muomalada bo‘lgan pul
massasini va kredit foiz stavkasini tartibga solish orqali iqtisodiyotni
barqarorlashtirish.
Davriy ishsizlik — mamlakat iqtisodiyotining davriy o‘zgarishi bilan bog‘liq
barcha sohalarni qamrab oladigan ishsizlik.
Depozit — omonat yoki bankka qo‘yilgan mablag‘.
Dividend — aksiya egasining firma foydasidan oladigan ulushi.
Dunyo miqyosidagi iqtisodiy muammolar — jahon iqtisodiyoti keltirib
chiqargan, har bir davlat iqtisoqiyotiga taalluqli, faqat birgalashib
hamkorlikda yechilishi mumkin bo‘lgan muammolar.
Egri soliq —
daromad oluvchi, tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi
tomonidan emas, balki ularni iste’mol qiluvchi tomonidan to‘lanadigan
soliq.
D E Ehtiyojlar — insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun
zarur bo‘lgan narsalarga muhtojligi.
Ekologiya — insoniyatni uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan o‘zaro
munosabatlari haqidagi fan.
Eksport