Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Quyidagi rasmda qaysi firmalarning tovar belgilari keltirilganligini aniqlang. 
Firmaning nomi, faoliyat sohasi va tovar belgisi o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishi 
shartmi? Ochmoqchi bo‘lgan firmangiz tovar belgisining ko‘rinishini chizing 
va uni sharhlang.
Mashq
Turli firmalarning tovar belgilari
Tadbirkorlik insonni nafaqat bandlik va daromad bilan, balki o‘z 
kelajagini yaxshiroq boshqarish, ish va shaxsiy hayotini yanada yaxlitroq 
uyg‘unlashtirish, o‘z ishini mustaqil tashkil etish, o‘z qobiliyati va iste’dodini 
namoyon qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi.
Bilasizmi?
tayyorlatib, to‘la ma’noda o‘z faoliyatini amalga oshirishga kirishadi. Firmaning
pul bilan bog‘liq barcha ishlari bank orqali amalga oshiriladi.
2014- yil 1- yanvardan boshlab Davlat interfaol xizmatlari yagona portali (my.
gov.uz) orqali tadbirkorlik subyektlarini onlayn tarzda ro‘yxatga olish xizmati 
yo‘lga qo‘yildi.
Tadbirkorlar istaklarini inobatga olgan holda, 2014- yil 1- apreldan boshlab 
bu xizmatdan foydalanuvchilarni maxsus ID.UZ tizimi bo‘yicha ro‘yxatga olish 
yo‘lga qo‘yilib elektron raqamli imzo (ERI) dan majburiy foydalanishga ham 
ehtiyoj qolmadi 
Ushbu xizmat vositasida tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tish uchun davlat organlariga 
borish ovoragarchiligidan xolos bo‘ldi.
Firmaning ta’sis shartnomasi
– firma ta’sischilari o‘rtasida o‘zaro faoliyat 
yuritish bo‘yicha tuziladigan kelishuv hujjati.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2011- yil 1- fevraldan 
boshlab firmalar nomlarini Internet tarmog‘i orqali tarqatish tizimini joriy qildi. 
2014- yil 1- mart holatiga ko‘ra, ushbu tizim orqali 158 mingta firma nomi 
zaxiralashtirilgan.
Firma ochmoqchi bo‘lgan shaxs Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytiga 
kirib o‘zi tanlagan firma nomini zaxiralashtirishga buyurtma berishi mumkin.
• 
Firma ochish uchun, avvalambor, firmaning turini va nomini tanlash 
zarur.
• 
Firma nizomida uning faoliyat turi, firma ochishdan maqsad, uning manzili, 
ta’sischilar va nizom jamg‘armasi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
• 
Firmaning ta’sis shartnomasi ta’sischilarning o’zaro munosabatlarini 
aniqlashtiradi.
• 
Taniqlilik belgilari firmaning nomi va uning tovar belgisi kabilardir.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin